More than pretend
Minho telefon ekraniga tikilib qoldi.
“Bu safar ham uni qutqara olmaysan.” Xona ichidagi havo birdan og‘irlashgandek bo‘ldi. Jisung esa endi aniq sezayotgandi — bu oddiy qo‘rqitish emas. Bu odam Minho haqida juda ko‘p narsani bilardi. Juda ham ko‘p.
Jisung bu safar savolni aniq berdi. Minho indamadi. Faqat jag‘i taranglashdi. Telefoni yana titradi. Yangi xabar. Bu safar rasm emas. Audio. 00:11 soniya. Minho darrov telefonni olib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Lekin Jisung undan oldin bosib yubordi. Avval shovqin eshitildi. Yomg‘ir ovozi. Kimningdir tez nafasi.
— > “Minho… iltimos…” Jisungning yuragi muzlab ketdi. Audio shu yerda tugadi. Lekin oxirida juda past ovoz eshitildi. Metall urilgandek. Va kimningdir qichqirig‘i. Minho birdan telefonni o‘chirib yubordi.
Bu safar Minho qattiq gapirdi. Jisung sapchib tushdi. Chunki Minho hech qachon unga bunaqa ovoz ko‘tarmagandi. Ikkisi ham jimib qoldi. Minho asta ko‘zlarini yumdi. Go‘yo o‘zidan jahli chiqayotgandek.
— …Uzr. Jisung hech nima demadi. Lekin ichida nimadir sinayotgandi. O‘sha tun Jisung uxlay olmadi. Boshida faqat bitta savol aylanardi:
“17-oktabrda kimga nima bo‘lgan?” Va nega hamma bu haqda yashiryapti? Ertasi kuni maktabga kirishi bilan yana o‘sha hissiyot qaytdi. Odamlar qarardi. Shivirlardi. Go‘yo u bilmasligi kerak bo‘lgan narsani bilib qo‘ygandek. Jisung shkafini ochayotganda ichidan bir qog‘oz tushdi. Bu safar unda faqat bitta koordinata yozilgandi.
Va vaqt. 22:40 Pastida esa: “Haqiqatni bilmoqchi bo‘lsang, yolg‘iz kel.” Jisungning qo‘llari muzlab ketdi.
Minho qog‘ozni qo‘lidan tortib oldi. Qayerdandir paydo bo‘lib qolgan edi yana. Jisung qoshlarini chimirdi.
Minho unga juda yaqinlashdi. Bu safar ko‘zlarida g‘azab bor edi. Yo‘q… qo‘rquv. — Chunki ular seni aralashtiryapti. “Ular.” Jisung shu so‘zga ilinib qoldi.
Minho javob bermadi. Yana. Doimgidek. Kechasi 22:37. Jisung baribir bordi. Eski sport zalining orqa tomoni qorong‘i edi. Faqat uzoqda bitta chiroq lipillab turardi. Yuragi juda tez urayotgandi. Atrof jim. Juda jim. Keyin— qadam tovushi. Jisung darrov ortiga qaradi. Hech kim yo‘q. Lekin yerda nimadir yaltirardi. Kalit. Eski, zanglagan kalit. Tagiga qog‘oz yopishtirilgan. “Podval.” Maktab podvali allaqachon yopilgan bo‘lishi kerak edi. Hech kim u yerga tushmasdi. Hatto o‘qituvchilar ham. Jisung zinadan tusharkan, telefon chirog‘i devorlarga urilib titrardi. Havo sovuq edi. Va nimadir hid kelardi. Namlikmi… yoki chang. Koridor oxirida bitta eshik turardi. Eshik ustida yozuv: “Archive Room B” Kalit aynan shu eshikniki edi. Jisung yutindi. Va eshikni ochdi. Ichkarida eski qutilar, hujjatlar va singan partalar turardi. Lekin bitta narsa darrov ko‘zga tashlanardi. Devordagi surat. Katta maktab festivali rasmi. Sana: 17-oktabr. Jisung asta yaqinlashdi. Rasmda Minho bor edi. Hyunwoo ham. Va yana bir bola. Yuzida juda tanish kulgu. Jisung nafasi ichiga tushdi. Bu bolani u qayerdadir ko‘rgan edi. Yo‘q… eshitgan edi. Videodagi ovoz. “Meni tashlab ketma…” Seojun. Lekin eng qo‘rqinchli narsa bu emasdi. Rasmning pastki qismi yirtilgan edi. Kimningdir yuzi ataylab kesib tashlangandi. To‘rtinchi odam.
— Birdan orqadan eshik qarsillab yopildi. Jisung sapchib ortiga burildi. Qorong‘ida kimdir turardi. Telefon chirog‘i titrab uning yuziga tushdi. Hyunwoo. Lekin bu safar u kulmayotgandi. Umuman.
— Sen bu yerga kelmasliging kerak edi, — dedi u past ovozda.
Hyunwoo bir necha soniya jim qoldi. Keyin juda sekin kuldi. Lekin bu kulgi g‘alati edi. Sovuq.