May 28

More than pretend

Episode-8

Podval ichidagi havo birdan o‘zgardi. Go‘yo devorlar yaqinlashayotgandek. Jisung qimirlay olmadi.

“O‘sha kecha tomda bo‘lmagan.” Bu gap boshida aylanardi. Demak… kimdir keyin kelgan. Kimdir ular bilmagan paytda.

— Tomchilayotgan suv ovozi qorong‘ida aks-sado berardi. Seojun kamerani asta pastga tushirdi.

Yuzidagi rang oqarib ketgandi. U charchagan odamga o‘xshamasdi endi. U… qo‘rqayotgan odamga o‘xshardi. Minho esa joyida qotib turardi. Barmoqlari musht bo‘lib qolgan. Hyunwoo ko‘zlarini olib qochardi.

Hech kim gapirmadi. Va aynan shu sukunat eng qo‘rqinchli edi. Keyin

— “Bzzzt.”

Podval chirog‘i bir soniyaga yondi. Va yana o‘chdi. Ammo o‘sha bir soniyada Jisung nimanidir ko‘rdi. Devor.

Qizil yozuv. Nam devor ustiga barmoq bilan yozilgandek.

“MEN HALI SHU YERDAMAN.” Chiroq yana o‘chdi. Jisung nafasi ichiga tushdi.

— Siz ham ko‘rdingizmi?..

Hech kim javob bermadi. Chunki hammasi ko‘rgan edi.

— Seojun birdan ortiga qaradi. Koridor qorong‘i edi. Lekin u yerda nimadir bor edi. Nimadir… harakatlangandek. Seojunning yuzi birdan taranglashdi.

— Ketishimiz kerak. Bu safar hech kim qarshilik qilmadi.

Hech kim gapirmadi. Va aynan shu sukunat eng qo‘rqinchli edi. -— Keyin

— “Bzzzt.”

Podval chirog‘i bir soniyaga yondi. Va yana o‘chdi. Ammo o‘sha bir soniyada Jisung nimanidir ko‘rdi. Devor. Qizil yozuv. Nam devor ustiga barmoq bilan yozilgandek.

“MEN HALI SHU YERDAMAN.” Chiroq yana o‘chdi. Jisung nafasi ichiga tushdi.

— Siz ham ko‘rdingizmi?..

Hech kim javob bermadi. Chunki hammasi ko‘rgan edi.

— Seojun birdan ortiga qaradi. Koridor qorong‘i edi. Lekin u yerda nimadir bor edi. Nimadir… harakatlangandek. Seojunning yuzi birdan taranglashdi.

— Ketishimiz kerak. Bu safar hech kim qarshilik qilmadi.

— Ular podvaldan chiqayotganida, Jisung oxirgi bo‘lib yurardi. Telefon chirog‘i titrardi. Devorlar eski edi. Nam. Mog‘or hidi. Va birdan—

“Tak.”

Orqadan qadam tovushi. Jisung muzlab qoldi. Sekin ortiga qaradi. Hech kim yo‘q. Faqat uzun qorong‘i koridor. Lekin… yer nam edi.

Va nam izlar koridor ichkarisiga qarab ketayotgandi. Yalang oyoq izlari.

— Jisung yuragi tezlashib, oldinga yurdi. Lekin izlar birdan to‘xtab qolgan edi.

Go‘yo kimdir devor oldida yo‘q bo‘lib qolgandek. Shu payt qulog‘i yonida juda past ovoz eshitildi.

> “Jisung…”

U sapchib ortiga burildi. Hech kim. Telefon chirog‘i titray boshladi. Va birdan o‘chdi. Qorong‘i. Mutlaq qorong‘i. -— Kimningdir nafasi eshitildi. Juda yaqin. Jisung nafasi ichiga tushdi. Qo‘llari titray boshladi.

Keyin bo‘yniga sovuq narsa tegdi. Barmoq. Muzdek. Sekin bo‘ynidan pastga tushdi. Jisung qichqirib yuboray deganda— yorug‘lik qaytdi. Minho uning oldida turardi.

— Jisung?!

Uning qo‘llari Jisungning yelkasida edi. Lekin… Jisung bo‘ynidagi muzdek hissiyot hali ham ketmaganini sezdi.

— Ular maktabdan chiqqanida yomg‘ir boshlangandi. Og‘ir. Sovuq. Seojun hech nima demasdan oldinda yurardi. Hyunwoo esa tinmay ortiga qarardi. Go‘yo kimdir ularni kuzatayotgandek.

— Birdan Seojun to‘xtadi. Ko‘cha chirog‘i ostida uning yuzi oqarib ko‘rindi. U yo‘lning narigi tomoniga qarab qolgandi. Jisung ham qaradi. Va yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

Avtobus bekati oldida kimdir turardi. Maktab formasi. Ho‘l qora sochlar. Boshi egilgan. Yuzini ko‘rib bo‘lmasdi. Lekin forma eski edi. Uch yil oldingi forma.

— Minho birdan oqarib ketdi.

— …Yo‘q.

U odam asta boshini ko‘tardi. Yuzining yarmi qon edi. Ko‘zlari esa… bo‘m-bo‘sh. Jisung nafasi titrab ketdi. Chunki u yuzni rasmda ko‘rgan edi. Kang Yejun. -— Hyunwoo birdan ortga chekindi.

— Bu mumkin emas…

Yejun qimirlamasdi. Faqat tikilib turardi. Yomg‘ir qoni bilan aralashib oqardi. Keyin— u sekin kuldi. Va ko‘cha chirog‘i birdan o‘chdi. Qorong‘i. Mashina signalining baland ovozi eshitildi.

Kimdir qichqirdi. Chiroq qayta yonganda— bekat bo‘sh edi.

Yejun yo‘q. Faqat yerda bitta narsa qolgan edi. Eski telefon. Ekrani yorilgan. Sekin yorishdi. Yangi xabar.

Faqat bitta gap:

> “Bu safar kim yiqilishini ko‘ramiz.”