August 6, 2025

VAQT

Jungkook Namjoon ortidan xonaga qadam qo‘ydi. Eshik yopilishi bilan tashqaridagi shovqin go‘yo yo‘qoldi bu xona boshqa dunyo edi.
Xona keng, lekin haddan tashqari ortiqcha emasdi. Har bir detal o‘ylangan, har bir buyum o‘z o‘rnida. Derazalar shaffof, baland, shahar manzarasini to‘liq ko‘rsatardi go‘yo bu yerda vaqt ham sekinroq o‘tardi. Devorda osilgan minimalist san’at asarlari, qora va oq rangdagi geometrik shakllar, inson tafakkurining chuqurligini aks ettirayotgandek edi.
Honadagi stol qora yog‘ochdan, silliq va zamonaviy. Uning ustida faqat bir nechta narsa bor edi: noutbuk, bir stakan qora qahva, va teri jildli daftarcha. Bularning barchasi Namjoonning tartibli, puxta rejalangan hayot tarzini ko‘rsatardi.
Xonaning bir burchagida kitob javoni bor edi lekin bu oddiy javon emas. Har bir kitob tanlab qo‘yilgandek: strategiya, psixologiya, san’at, tarix. Jungkook bir zumda tushundi bu odam faqat biznes bilan emas, tafakkur bilan ham shug‘ullanadi.
Namjoon stulga o‘tirib, Jungkookga ishora qildi: O‘tir, Jungkook. Bu yerda sening ish rejangni tuzib chiqamiz .
Jungkook o‘zini go‘yo ish uchun emas, balki taqdir bilan uchrashuvda bo‘lgandek his qildi. Bu xona — oddiy ish joyi emas, bu kelajakning boshlanish nuqtasi edi
Namjoon xonasining eshiklari ortidan shahar shovqini butunlay yo‘qoldi. Xona ichida faqat sokinlik, tartib va kuch bor edi. Jungkook stulga o‘tirganida, u bu joyning salobatini his qildi — bu oddiy ish joyi emas, bu strategik markaz edi.
Namjoon stuliga o‘tirib, bir muddat Jungkookga tikildi. Uning nigohi sokin, lekin keskin edi — go‘yo u har bir harakatni oldindan bilardi.
— Jungkook, — dedi u nihoyat, — men seni tanladim. Bu kompaniyada ko‘p odamlar bor, lekin men faqat bir kishiga ishonmoqchiman. Sen — o‘sha kishi bo‘lishing mumkin.
Jungkook hayajon bilan bosh irg‘adi
Jungkook: Men sizga sodiq bo‘laman, janob Namjoon.
Namjoon jilmaydi. Bu jilmayishda iliqlik yo‘q edi — bu kuch jilmayishi edi.
Namjoon: Sodiqlik — bu eng qimmat narsa. Men senga ozim buni o‘rgataman. Sen mening yordamchim, qoriqchim, va eng yaqin odamim bo‘lasan. Har bir qarorimda sen yonimda turasan. Har bir xavfda — sen meni himoya qilasan.
Jungkook bu so‘zlarni eshitarkan, ichida g‘urur va mas’uliyat aralash tuyg‘ular uyg‘ondi. Bu oddiy ish emasdi — bu hayot tarziga aylanish edi.
Namjoon stol tortmasidan bir fayl chiqardi. U faylni stol ustiga qo‘yib, barmoqlari bilan ustidan yengil urdi.
Bu loyiha maxfiy. Bu odamlar bizning yo‘limizda to‘siq. Ular bizning kelajagimizni tahdid ostiga qo‘yishmoqda. Men ularni to‘xtatmoqchiman.
Jungkook faylga qaradi. Fayl ustida bir ism bor edi: Park Family — Target Protocol
Janob Namjoon... bu odamlar... ular kim? dedi Jungkook ehtiyotkorlik bilan.
Namjoon nigohini o‘zgartirmadi. Bu savollarni keyinroq berasan. Hozircha bilishing kerak bo‘lgan narsa bu ishonch. Men seni tanladim. Endi sen men bilan bir tomonda bo‘lasan. Jungkook bosh irg‘adi, lekin ichida bir g‘alati tuyg‘u paydo bo‘ldi. Bu ish oddiy loyiha emasdi. Bu kurash edi u bunga tayyormi ozi yoki yoq?
Namjoon Jungkookni shahar chetidagi eski fabrikaga olib boradi. Tashqaridan qaraganda bu joy tashlandiq ko‘rinadi, lekin ichkarida — zamonaviy texnologiyalar, simulyatsiya xonalari, jang maydonlari, va ruhiy sinovlar uchun maxsus kapsulalar bor.
Eshik ochildi. Ichkarida qora libosli bir necha murabbiylar turishardi . Ular Namjoonga bosh irg‘ashadi, so‘ng Jungkookga qarashadi.
Namjoon gap boshladi: Bu joyda sen kimligingni unutasan. Bu yerda sening kuching, sabring, va aqling sinovdan o‘tadi. Har bir topshiriq — sening ichki dunyongni ochadi.
Jungkook jim. U atrofga qaraydi — devorlarda sirli belgilar, monitorlarda kodlar, va bir kapsula ichida virtual jang simulyatsiyasi ko‘rinadi.
Namjoon davom etadi: Men senga hozircha hech kim haqida gapirmayman. Chunki sen hali tayyor emassan. Bu ish — faqat kuch bilan emas balki ong bilan yutiladi.
Jungkookni birinchi sinov xonasiga olib borishdi. Bu yerda Jungkook
Fizik kuch sinovlari — yugurish, jang, chidamlilik.
Aqliy jumboqlar — kodlarni yechish, strategik qarorlar.

Emotsional nazorat — stress ostida to‘g‘ri harakat qilish.
Namjoon unga bir so‘z aytadi:Sen endi o‘yinchi emassan. Sen — o‘yinni o‘zgartiradigan kuchsan.
Jungkook indamadi u jim edi . Namjoon uni har bir jihoz bilan tanishtirib chiqdi .
Namjoon mashinani haydab borardi. Jungkook yonida jim o‘tirardi — u ko‘rgan narsalar, eshitgan gaplar, va his qilgan energiya uni o‘zgartirib yuborgandek edi.
Shahar chiroqlari oynadan aks etardi. Mashina jimlikda harakatlanardi, faqat fon musiqasi past ovozda chalinardi — bu musiqada nimadir sirli, nimadir og‘ir bor edi.
Namjoon: Ertadan boshlab sening hayoting o‘zgaradi. Universitet — faqat fon. Asl o‘yin — o‘sha joyda boshlanadi.
Jungkook bosh irg‘adi. U nimani kutayotganini aniq bilmasdi, lekin ichida bir kuch uyg‘ongan edi. U endi oddiy talaba emasdi.
Mashina Jungkookning uyi oldida to‘xtadi. Namjoon unga qaradi: Dam ol. Fikrlaringni to‘g‘rila. Ertaga sening birinchi qadaming bo‘ladi.
Jungkook mashinadan tushdi. U uyga kirarkan, ortiga ogirilib : Hayrli tun janob
Namjoon:Senga ham hayrli tun
Jungkook ichkariga kirib, telefonini stolga qo‘ydi. So‘ng daftarini ochdi. Birinchi sahifaga shunchaki bir so‘z yozdi:
Boshlanish❗️
ERTA TONG
Jungkook ertalab uyg‘ondi. Soat 6:30. U odatdagidek dush qabul qildi, nonushta qildi, lekin bugun hammasi boshqacha tuyulardi. Ko‘zlarida uyqu emas, hayajon bor edi. Yuragi sokin emasdi — u nimadir kutayotgandek edi.
Universitetga borarkan, u atrofga qaradi. Talabalar kulishardi, darsga shoshishardi, hayot odatdagidek davom etardi. Lekin Jungkook uchun bu fon edi. U endi boshqa ritmda yashay boshlagandi. Darsda o‘qituvchi gapirardi, lekin Jungkookning fikri boshqa joyda edi. U daftariga yozish o‘rniga, kechagi maxfiy joyni eslardi: monitorlar, murabbiylar, Namjoonning nigohi.
Daftarning chetiga u shunchaki bir so‘z yozdi:
Kechqurun — qaytish.❗️
Dars tugadi. Jungkook universitetdan chiqdi. U mashinaga o‘tirdi — bu safar o‘zi haydayapti. Manzil — o‘sha maxfiy joy.
Yo‘l davomida u oziga ozi savol berdi:Men kimman? Oddiy talaba? Yoki kimnidir quroli? Men bu o‘yinda nima qilayapman? Lekin... men tanladim. Men orqaga qaytmayman.
Fabrika oldiga yetib kelganida, eshik avtomatik ochildi. Ichkarida uni qora libosli murabbiy kutib turardi.
Murabbiy: Jungkook, kechikmading. Namjoon seni kutmoqda.
U ichkariga kirdi. Bu safar u o‘zini mehmon emas, o‘z odamidek his qildi. Monitorlar yonib turardi. Trening maydonida bir necha agent mashq qilmoqda edi.
Namjoon unga qarab jilmaydi. Xush kelibsan. Bugun sening birinchi topshirig‘ing bor. Bu — sinov emas. Bu — tanlov.
Jungkook chuqur nafas oldi. U endi o‘yin ichida edi. Va bu o‘yin — faqat kuch emas, ruhiy chidamlilikni ham talab qilardi
hosh bizdi qolgan qahramonlarimiz nima bilan band ekan ?
Dars tugagan. Talabalar sinfxonadan chiqishmoqda. Sori va Roa universitet hovlisida birga yurib ketishardi
Roa:Bugun charchadim, — Jungkook ham g‘alati edi, sezdingmi?
Sori yelkasini qisdi: Ha... u nimanidir yashiryapti. Lekin men uni tushunishga harakat qilaman. Balki shunchaki shaxsiy muammolar...
Roa kulimsiradi: Balki... yoki u ikki hayot bilan yashayotgandir aa nima deb oylaysan balki kunduzi talaba kechasi agent bolib ishlayotganir axir u agentlarga oxshedi
Sori kuldi, lekin yuragida nimadir uni qiynay boshladi. U Jungkook haqida ko‘p o‘ylay boshlagan edi.
Ular yaqin atrofdagi kichik kafega kirishdi. Ichkarida sokin musiqa chalinmoqda, kofe hidi havoni to‘ldirgan. Ular deraza yonidagi stolga o‘tirishdi.
Roa: Sori, sen Jungkookni yoqtirasan, to‘g‘rimi?
Sori bir lahza jim qoldi. So‘ng sekin bosh irg‘adi. Ha... lekin u juda yopiq. Men unga yaqinlashmoqchiman, lekin u doim bir qadam narida turadi.
Roa jiddiylashdi. Ehtimol, u bizdan nimanidir yashiryapti. Men uni biroz kuzatmoqchiman. Faqat... ehtiyotkorlik bilan.
Sori unga qaradi. Roa, iltimos, unga zarar yetkazma. Men uni yo‘qotishni istamayman.
Roa jilmaydi.Men faqat haqiqatni bilmoqchiman. Chunki sen unga ishonasan. Men esa... shubhalanaman.
ular juda kop suhbatlashishdiki hatto vaqtni qanday otib ketganini ham bilishmay qoldi

Kafedan chiqqanlaridan song kocha aylanishga qaror qilishdi . Ular birga shopping qilgani borishdi keyin oyin kulgu uchun parkka borishdi attraksionlarga chiqishidi birga vaqt otkazishdi
Roa va Sori birga uyga qaytishdi ular juda charchashgandI shuning uchun Roa Sorini uyida qoishga qaror qildi
Ular Sorining uyiga kirishlari bilan to‘g‘ri oshxonaga yo‘l olishdi. Muzlatkichni ochib, ichidagilarga ko‘z yugurtirishdi. Roa qo‘lini beliga qo‘yib, hazil aralash dedi: Sori, bu muzlatkichda faqat shirinliklar yashaydi shekilli. Qani, biror sog‘lom narsa bormi?
Sori kulib javob berdi: Bor, bor! Pastki javonda sabzavotlar bor. Bugun sabzavotli makaron qilamizmi?
Roa: Zo‘r fikr! Men makaronni qaynataman, sen esa sousni tayyorla.
Ular oshxonada harakatga tushishdi. Roa suvni qozonga quyib, tuz sepdi va makaronni tayyorlashga kirishdi. Sori esa pomidor, bulg‘or qalampiri, piyoz va sarimsoqni mayda to‘g‘rab, zaytun moyida qovura boshladi. Hidi butun oshxonani egalladi.
Roa:Bu hid meni bolaligimga olib ketadi, qoshiq bilan sousdan bir oz tatib ko‘rib. — Juda mazali bo‘lyapti!
Sori kulib qo‘shildi: Dugonam bilan ovqat qilish — eng yaxshi terapiya!
Ovqat tayyor bo‘ldi. Sori chiroyli likopchalarga sabzavotli makaronni solib, stolga qo‘ydi. Roa esa ichimliklarni olib keldi. Ular oshxonadagi kichik stol atrofida o‘tirib, ovqatlana boshlashdi.
Roa: Bilasanmi, bu hafta juda charchadim. Oqishda va ishda hammasi bir-biriga aralashib ketdi. Ba'zida hamma narsani tashlab, tog‘larga ketgim keladi.
Sori bosh irg‘ab, jilmaydi: Men seni juda yaxshi tushunaman. Hayot ba'zida haddan tashqari shovqinli bo‘lib ketadi. Shu sababli bugun sen bilan birga aylandim — biroz tinchlanasan deb o‘yladim.
Roa: Rahmat, dugonajon . Sen bilan bo‘lish — doimo taskin beradi.
Ular ovqatlanib bo‘lgach, idish-tovoqlarni yuvishdi. Keyinular Sorini yotoqxonasiga o‘tib, yumshoq gilam ustiga yostiqlarni tashlab, choy damlashdi. Choy bilan birga shokoladli pechenyelar ham bor edi.
Sori: Esingdami, maktabda birga pechenye pishirganimizni?
Sori: Albatta! Sen shakarni tuz bilan adashtirgan eding😂
Ular uzoq vaqt gaplashishdi — bolalik xotiralari, orzular, yurakdagi sirlar... Soat kech bo‘lib qolganda, Sori yostiqlarni to‘shab, Roaga ko‘rpa uzatdi.
Sori: Bugun shu yerda uxlayverasan. Men seni ertalabgacha yolg‘iz qo‘ymayman.
Roa ko‘rpaga o‘ralib, ko‘zlarini yumdi. Sori ham yostiqqa bosh qo‘ydi. Xona jimjit edi, faqat tashqarida shamol yaproqlarni shitirlatardi.
Roa: Sori...Rahmat bugun uchun.
Sori: Raxmat aytishing shart emas
Shu tariqa, ikki dugona tinch va iliq kechada uyquga ketishdi — yuraklari yengil, do‘stliklari esa yanada mustahkam.
Mana VAQT fanficimni 3 qismi ham tugadi sizlarga yoqadi degan umiddaman hatolari uchun uzr agar biron yeriga tushunmaselar sorelar tushuntirib beraman yoqimli mutolaa🫠🫠🫠🫠 🫠🫠🫠🫠🫠

Yozuvchi #Rimhyeon
@Lilith_uchun )
3 QISM TUGADI