Osmonga sevgi va nikoh
Bir kuni Jungkook eski pianinosini sozlayotganda ichidan kichkina qogʻoz tushib ketadi.
Unda notalar yozilgan edi.
Pastida esa xotinining qoʻli bilan yozilgan kichkina jumla:
“Agar bir kun kayfiyating tushsa, shu kuyni chal.”
Jungkook asta pianino tugmalariga tegadi.
Melodiya juda sokin edi… ammo yurakka iliq tegardi.
Xotini eshik yonida turib jilmayadi.
— “Hali ham eslaysanmi?”
Jungkook kulib: — “Seni unutishdan koʻra osonroq narsa bor ekanmi?”
deydi.
Uy qorongʻi boʻlib ketadi.
Faqat sham yorugʻi va tashqaridagi qor nuri.
Qizi kulib: — “Bu xuddi filmga oʻxshaydi!”
deydi.
Jungkook esa eski magnitofonni yoqadi.
Sokin musiqa yangray boshlaydi.
U xotiniga qoʻl uzatadi.
— “Bir raqsga taklif qilsam maylimi?”
Qiz kulib qoʻlini beradi.
Ular oshxona oʻrtasida sekin raqs tushishadi.
Qor esa deraza ortida yogʻishda davom etardi.
Ammo ertasi kuni xotini yana hushidan ketadi.
Kasalxonada Jungkook uning qoʻlini mahkam ushlab oʻtiradi.
Shifokor: — “ afusuki senda saraton aniqlandi bir oy umringiz qoldi
Bu gaplarn eshitgan malika yomon ahvolga tushib qoʻldi u chuqur nafas oldi men men end nma qilaman jk bu gaplarin qanday bolalarga aytamiz nma deymiz ularga men
Oʻzingn bos men sen bilan man oʻzingn qoʻlga ol men koʻzlarimga qara bu gaplarin hammas yolgʻon shifokor sen aldayapti malika senga hech narsa boʻlmagan men ishonaman sen sogʻsan malika tur end uyga ketamiz hech narsa boʻlmagandek uyga boʻlishimiz kerak malika xopm men qara gaplarimn eshitding m malika
Yillar oʻtib ham ularning odatlari oʻzgarmaydi.
Har qishda:
issiq choy,
pianino ovozi,
va birga qor tomosha qilish.
Bir kuni Jungkook balkonada turib sekin soʻraydi:
— “Agar vaqt ortga qaytsa… yana oʻsha kafega kirarmiding?”
Xotini kuladi.
Soʻng uning yelkasiga bosh qoʻyib:
“Men seni har safar topardim.”
deydi.
Osmon oppoq qor bilan toʻlib ketgandi.
Va ularning sevgisi hali ham oʻsha ilk kundagidek iliq edi…
Qishning sokin kechasi edi.
Uy ichida pianino ovozi yangrab turardi.
Birdan telefon jiringlaydi.
Jungkook raqamga qarab hayron qoladi.
Bu — yillar oldin yoʻqolgan eski menejeri edi.
U asta: — “Seni bezovta qilganim uchun kechir… ammo senga aytadigan muhim gapim bor.”
deydi.
Jungkookning yuragi gʻalati bezovta boʻladi.
Ertasi kuni ular uchrashishadi.
Menejer unga eski hujjatlarni beradi.
Maʼlum boʻlishicha, yillar oldin agentlik Jungkookning sevgisini ataylab yashirishga harakat qilgan.
Chunki ular: “Sevgi idolni zaif koʻrsatadi.” deb oʻylashgan.
Jungkook kulib yuboradi.
— “Aslida esa sevgi meni kuchli qilgan ekan.”
deydi.
Uyga qaytgach Jungkook uzoq vaqt xotiniga qarab oʻtiradi.
Qiz kulib: — “Nimaga bunaqa qarayapsan?”
Jungkook asta: — “Chunki seni yoʻqotmasdan shu yerga kelganimga ishonolmayapman.”
deydi.
Xotini uning qoʻlini ushlab: — “Biz juda koʻp narsadan oʻtdik.”
Jungkook bosh irgʻaydi.
— “Lekin har safar seni qayta sevib qoldim.”
Bir kuni qizi yangi qoʻshiq yozib ota-onasiga eshittiradi.
Qoʻshiq nomi:
“Snow Never Forgets”
Qoʻshiqdagi satr:
“Qor erib ketadi… lekin sevgining izi qoladi.”
Jungkook va xotini bir-biriga qarab qolishadi.
Chunki bu gap xuddi ularning hayotiga oʻxshardi.
Oradan yana yillar oʻtadi.
Jungkook juda katta konsert beradi.
Bu uning uzoq vaqtga sahnadagi oxirgi chiqishi edi.
Konsert oxirida barcha chiroqlar oʻchadi.
Faqat bitta nur Jungkook ustiga tushadi.
U mikrofonni ushlab sekin aytadi:
“Men koʻp qoʻshiqlar yozdim. Ammo eng chiroyli hikoya — uyga qaytish edi.”
Shu payt katta ekranda:
xotini,
qizi,
qorli tunlar,
eski kafe,
va ularning kulgan videolari chiqadi.
Muxlislar koʻz yoshlarini yashira olishmaydi.
Konsertdan keyin Jungkook uyiga qaytadi.
Deraza ortida qor yogʻardi.
Uy ichida esa:
issiq choy hidi,
pianino,
va sevgan insonlari bor edi.
Xotini uning yoniga kelib: — “Sahnani sogʻinasanmi?”
deb soʻraydi.
Jungkook kulib bosh chayqaydi.
Soʻng sekin javob beradi:
“Men butun umr olomon ichida baxt qidirdim… aslida esa mening baxtim shu uyda ekan.”
U qizining boshidan silaydi. Xotinini quchoqlaydi.
Va tashqarida qor yogʻishda davom etadi…
Goʻyo osmon ham ularning sevgisini unutishni istamayotgandek.