Soʻnmagan chiroqllar
Portal yopilganiga 7 yil bo‘lgan edi.
Hayot nihoyat tinch.
BTS dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lib ketgan.
Ammo ba’zi tunlari…
Jungkook hali ham elektr chiroqlari miltillaganda jim qolardi.
Bir konsertdan keyin u sahna ortida eski qutini topadi.
Qutida faqat bitta narsa bor edi:
207 raqamli kalit.
Jungkookning yuragi tez uradi.
Chunki bu kalit yo‘q bo‘lib ketishi kerak edi.
Orqasida esa yangi yozuv bor edi:
“Bitta chiroq qoldi.” Namjoon barcha a’zolarni eski maktab joylashgan hududga olib keladi.
Ammo u yerda maktab yo‘q edi.
O‘rnida zamonaviy bino qurilgan.
Hammasi normal ko‘rinardi.
Faqat podvaldan kelayotgan g‘alati elektr tovushi bundan mustasno.
Yoongi asta: — “Bu tugamaganini bilardim.”
Ular podvalga tushishadi.
Va devor ortidan eski eshik chiqadi.207Ammo eshik yangi ko‘rinardi.
Go‘yo kimdir unga har kuni qarayotgandek. Ichkarida esa butunlay boshqa dunyo kutardi.
Xona cheksiz katta edi.
Shiftda faqat bitta chiroq osilib turardi.
Va uning tagida — Minseo.
U umuman qarimagan edi.
Jimin hayrat bilan: — “Sen… hali ham shu yerdamisan?”
Minseo asta jilmayadi.
— “Kimdir oxirgi chiroqni kuzatishi kerak.”
Taehyung chiroqqa qaraydi.
Ichida kichik nur aylanardi.
Bu safar qo‘rquv emas.
Umid.Minseo haqiqatni aytadi.
Portal yopilgan, ammo insonlarning unutilgan hislari hali ham mavjud.
Oxirgi chiroq — ularning bir-biriga bo‘lgan bog‘liqligi edi.
Agar u o‘chsa, hamma erkin bo‘ladi.
Ammo BTS bir-birini boshqa hech qachon topolmaydi.
Hoseok asta kuladi: — “Demak yana shu tanlov…”
Jin derazaga qaraydi.
— “Lekin bu safar qo‘rqmayapman.”
Jungkook esa chiroqqa yaqinlashadi.
U ichida o‘zlarining barcha xotiralarini ko‘radi: kulgi, qo‘rquv, tunlar, 207-xona.
Va do‘stlik.Jungkook qo‘lini chiroqqa tekkizadi.
Ammo uni o‘chirmaydi.
U orqasiga qarab: — “Nega biz doim hammasini unutishimiz kerak?”
Hamma jim qoladi.
Namjoon asta jilmayadi.
— “Balki ayrim chiroqlar o‘chishi shart emasdir.”
Shu payt xona titray boshlaydi.
Ammo portal ochilmaydi.
Aksincha…
devorlar yorila boshlaydi.
Chiroqdagi nur butun xonani to‘ldiradi.
Minseo ko‘zlarini yumib: — “Siz siklni sindirdingiz…”
207-xona asta parchalanib yo‘qoladi.
Bu safar hech qanday qorong‘ulik yo‘q edi.
Faqat iliq nur.
…
Oxirgi sahna:
Yillar o‘tadi.
Jungkook bir intervyuda savol eshitadi:
— “Siz uchun chiroq nimani anglatadi?”
U bir necha soniya jim qoladi.
Keyin kuladi.
— “Inson yo‘qotishni istamaydigan narsani.”
Kamera uzoqlashadi.
Studiya chiroqlari sekin o‘chadi.
Faqat bitta kichik nur qoladi.
Va ekran qorayadi.“The End”dan 15 yil o‘tgan edi.
Hammasi tugagandek tuyulardi.
207-xona yo‘q. Portal yo‘q. Qizil nur yo‘q.
Ammo bir kecha RM uyida elektr o‘z-o‘zidan o‘chadi.
Kompyuter ekrani yonadi.
Unda faqat bitta fayl paydo bo‘ladi:
echo_207.mp4
Namjoon videoni ochadi.
Qorong‘i ekran.
Shovqin.
Keyin juda tanish ovoz:
“Siz meni unutdingiz.”
Bu — Min Haru edi.
Ammo u allaqachon yo‘q bo‘lishi kerak edi.Barcha a’zolar yana yig‘iladi.
Video ichida yashirin koordinata bor edi.
Ular eski maktab joylashgan joyga qaytishadi.
Ammo u yerda endi katta park bor edi.
Markazda esa bitta eski fonar turardi.
Jungkook unga yaqinlashadi.
Fonarning ichida miltillayotgan kichik chiroq bor edi.
Taehyung asta: — “Bu… o‘sha nur.”
Birdan parkdagi barcha odamlar to‘xtab qoladi.
Go‘yo vaqt muzlagandek.
Va uzoqdan eski maktab qo‘ng‘irog‘i eshitiladi.Yer yorilib, park ostidan eski koridor chiqadi.
Ammo bu safar koridor buzilgan edi.
Devorlar parchalanib turardi.
Xotiralar yo‘qolayotgandek.
Minseo yana paydo bo‘ladi.
Ammo u qo‘rqayotgan edi.
— “Echo uyg‘ondi.”
Yoongi: — “Echo nima?”
Minseo sekin javob beradi:
— “Portalning soyasi.”
— “Siz uni yopgansiz… lekin izlari qolgan.”
Shu payt koridor oxirida qora figura ko‘rinadi.
Uning yuzi yo‘q edi.
Faqat ovozi bor edi:
“Meni nega tashlab ketdingiz?”Echo ularning eng og‘riqli xotiralarini ko‘rsata boshlaydi.
Jimin o‘zini yolg‘iz ko‘radi.
Yoongi bolalikdagi qorong‘i xonasini.
Taehyung esa 207-xonada yolg‘iz qolgan o‘zini.
Ammo Jungkook boshqa narsani ko‘radi.
U BTS a’zolarisiz hayotni ko‘radi.