May 11, 2022
#yangilik
"Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari uchun jazo va ularni oldini olish " mavzusida dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
🔹Samarqand viloyati yuridik texnikumi "Street Law" jamoasi tomonidan Samarqand shahridagi yoshlarning huquqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida, Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtilgan umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchilari uchun "Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklari uchun jazo va ularni oldini olish" mavzusida interaktiv dars mashg'uloti bo‘lib o‘tdi.
🔹Dars jarayoni qiziqarli bahs-munozaralarga boy tarzda olib borildi hamda maktab o'quvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.