May 20, 2022
#yangilik
Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan muloqot bo‘lib o‘tdi
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari Yanka Kupala nomidagi "Grodno" davlat universitetining yuridik fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Muloqot davomida, universitetning yuridik fakulteti kafedra mudiri qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha yuridik fakultetda ta'lim olayotgan O'zbekistonlik talabalar va ularga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berib o'tdi.
Shuningdek, qo'shma ta'lim dasturi orqali Grodno davlat universitetida tahsil olayotgan O'zbekistonlik talabalar haqida videorolik namoyish etildi. Tadbir yakunida, o'quvchilar tomonidan berilgan savollarga fakultet dekani S.Chaburanova javob berdi.