September 16, 2022
#yangilik
Bo‘lajak yuristlar uchun xorijiy tillarni o'rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tashabbusi bilan Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy vakilligi xodimlari bilan texnikumning 1-2-bosqich o'quvchilari hamda o'qituvchilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Agentlik faoliyati yaqindan tanishtirilib, rivojlanayotgan davlatlarda xorijiy tillarni mukammal bilish davr talabi ekanligi va bu borada qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib endilikda yuridik texnikumda o‘quvchilar uchun chet tili to‘garaklarini tashkil etish hamda xalqaro imtihonlar uchun tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.