March 15, 2023

#yangilik



⚡️ Toshkent viloyati yuridik texnikumida "Mehnat yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi.


✅Toshkent viloyati yuridik texnikumida bitiruvchi kurs oʻquvchilari uchun Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.

✅ Mazkur yarmarkada Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, viloyat adliya boshqarmasi, viloyat sudi, Advokatlar palatasi va Notarial palata vakillari ishtirok etdi.

✅ Har bir o‘quvchi ushbu yarmarkada o‘zi qiziqqan soha vakillari bilan suhbatlashdi, ishga kirish tartib-qoidalari va shu sohadagi ish beruvchilar bilan yaqindan suhbat qurib, batafsil ma'lumotlarga ega bo‘ldi.

✅ Mehnat yarmarkasi yangi ish o'rinlarini yaratish bilan birga texnikum o'quvchilari amaliyoti uzviyligini va bitiruvchilarning kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkillashtirildi.

✅ O'zaro savol-javoblarga boy tarzda davom etgan mazkur tadbirda soha vakillariga qo‘yiladigan talablar va boshqa ma'lumotlar to'grisida o'zaro fikr almashildi.