October 25, 2022
#yangilik
“Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlari bo‘yicha na'munaviy sud protsessi” tanlovining hududiy bosqichiga start berildi.
Tanlovda Jinoyat ishlari bo'yicha shahar sudining sudyalari hamda Fuqarolik ishlari bo`yicha tuman sudining sudyalari hakamlar hay'ati a'zosi sifatida ishtirok etdi.
Tanlov jarayonida o‘quvchi yoshlar o‘zlarining sudda nutq so‘zlash, jamoada ishlash, tezkor fikrlash, tahlil qilish hamda optimal qarorlarni qabul qilish qobiliyatini namoyon etdilar.
Qizg‘in kechgan tanlov natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, jinoyat va fuqarolik sud protsessi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar tanlovning mintaqa bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumi
Andijon viloyati yuridik texnikumi
Namangan viloyati yuridik texnikumi