November 3, 2022

#yangilik


Qashqadaryo viloyat yuridik texnikumida "O'zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirishda atrof-muhit masalalari: dolzarb ekologik masalalar va ularning huquqiy yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

✅ Konferensiyadan ko'zlangan asosiy maqsad bugungi kunda ekologik muammolarni tizimli tahlil etish, uning ilmiy va huquqiy yechimlarni aniqlash, hozirgi kunda ekologik madaniyatni oshirish va yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab olishdan iborat.

✅ Konferensiya ishi 3 ta sho'ba yo'nalishida tashkil etilib, unda O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati O'zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a'zosi I.N.Xushvaqtov, O'zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Xalimov, TDYU Ekologiya huquqi kafedrasi mudiri y.f.d. G.Uzakova., QarMII Ekologiya kafedrasi assistanti N.Ismatovalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. Shuningdek, Buxoro, Toshkent, Farg'ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o'qituvchilari ham sho'balar bo'yicha o'zlarining fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

✅ Bundan tashqari, konferensiyada QarMII magistr va doktarantlari hamda yuridik texnikum talabalari ham faol ishtirok etib, mavzu doirasida o'z takliflarini bildirdi.

Telegram | • Instagram | • Facebook