#yangilik
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchi yoshlari “Huquqiy axborot texnologiyalari” fani oʻqituvchisi F.Asanov boshchiligida Margʻilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markaziga sayohat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida aholi va yoshlar uchun Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etilmoqda va bugungi kunda «Bir million oʻzbek dasturchisi» loyihasi amalga oshirilmoqda.
Hududlarda tashkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari yoshlarni ushbu yirik loyihada faol va samarali ishtirok etishlarida koʻmak berib kelmoqda. Sayohat davomida, markaz xodimlari texnikum oʻquvchilariga markaz faoliyati hamda yoshlarga yaratilayotgan barcha imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirdi.