#yangilik
Andijon viloyati yuridik texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
🔹“Ochiq eshiklar kuni” targ'ibot tadbirida viloyatning umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil olayotgan bitiruvchi sinf o'quvchilari ishtirok etdi.
🔹Tadbirni, yuridik texnikum direktori ochib berdi, shundan so‘ng, Sharda universiteti professori Sajid Valiya Valappi so‘zga chiqib ta'lim muassasasi faoliyati haqida qisqacha o‘z fikrlarini bildirdi.
🔹Ochilish marosimidan so‘ng, yigit-qizlar texnikumda olib borilayotgan ta'lim jarayonlari hamda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi va texnikum pedagoglari tomonidan tashkil etilgan mahorat darslarida ishtirok etdi.
🔹Tadbir davomida texnikum o‘quvchilari o‘rtasida “Eng faol kitobxon” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchi yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.