April 12, 2022
#yangilik
Toshkent shahar yuridik texnikumida sudyalar ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar yuridik texnikumida sudyalar ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar yuridik texnikumining sud zalida Toshkent viloyati fuqarolik sudining sudyasi N.Qurbonov, Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi sudyalari N.Xidirov hamda Sh.Niyazovlar ishtirokida mahorat darsi bo'lib o'tdi.
Dars davomida fuqarolik va ma'muriy ishlarini sudda ko'rishdagi muammolar, fuqarolik va ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonunga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida so‘z yuritildi.
Shundan so‘ng, yuridik texnikum yigit-qizlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.