#yangilik
Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i texnikum o‘quvchilari bilan uchrashdi
Bugun Toshkent shahar yuridik texnikumida Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i J. Nuritdinov texnikum o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda o‘quvchilar tomonidan texnikumdagi o‘qish va uning imtiyozlari, “Yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud oliy ta’lim muassasalariga suhbat asosida o‘qishga kirish, texnikum bitiruvchilarining ishga joylashishi va to‘lov-kontrakt kabi qator masalalar yuzasidan savollar berildi. Boshqarma boshlig‘i J. Nuritdinov o‘quvchilar tomonidan bildirilgan savol ba takliflar yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berib o‘tdi.
Uchrashuvdan so‘ng Boshqarma boshlig‘i texnikumda olib borilayotgan o‘quv jarayoni bilan tanishdi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan texnikum rahbariyatiga tegishli topshiriqlar berib o‘tdi.