June 22, 2022

#yangilik


Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Toshkent shahar yuridik texnikumida yuridik universitet tashabbusi bilan N.I Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universiteti Milliy tadqiqod federal davlat ta'lim muassasasining xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent Bedniy Aleksandr Borisovich hamda universitetning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo'limi boshlig'i, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Kemaev Konstantin Valerevich ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

  • Suhbat davomida Rossiya Federatsiyasi Nijniy Novgorod davlat universiteti haqida tayyorlangan video taqdimot o’quvchilarga namoyish etildi. Shundan so‘ng, texnikum o’quvchilari universitetda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, ta'lim yo‘nalishlari, talabalar turar joylari, to’lov kontrakt miqdori, o‘quv jarayonlaridagi zamonaviy ta'lim texnologiyalari, amaliyot tartibi hamda qabul jarayonlari bilan bog‘liq o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Mutaxassislar tomonidan yuridik texnikum o‘quvchilari uchun qo‘shma ta'lim dasturi (double degree) umumiy uch yilni tashkil etishi va bunda bir yarim yil N.I Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universitetida keyingi bir yarim yilni, Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qish orqali bir vaqtning o‘zida ikki diplomga ega bo'lish to'g'risida ma'lumot berib o‘tildi.

  • Tashrif doirasida, delegatsiya a’zolari, TDYU hamda texnikum mas’ul xodimlari ishtirokida hamkorlik doirasidagi qator masalalar muhokama qildi.

Telegram | • Instagram | • Facebook