April 6, 2022
#yangilik
"World Expo" xalqaro ta'lim ko'rgazmasida yuridik texnikum o’quvchilari ishtirok etdi
Toshkent shahar yuridik texnikumi o‘quvchilari WORLD.UZ kompaniyasi tomonidan o‘tkazilayotgan "World Expo" xalqaro ta'lim ko'rgazmasida ishtirok etdi.
Ko’rgazma doirasida o’quvchilar xorijiy oliy ta'lim muassasalarida o‘qish tartibi va talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
Mazkur ko’rgazmada Buyuk Britaniya, AQSH, Polsha Turkiya, Malayziya, Yaponiya, Janubiy Korea, Germaniya, Italiya, Fransiya kabi davlatlarning 30 dan ortiq universitetlaridan tashrif buyurgan malakali mutaxassislar ishtirok etmoqda.