#yangilik
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo’naltirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorining mazmun mohiyatiga qaratilgan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Farg’ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul post xizmati batalioni kadrlar guruhi inspektori katta leytenant A.Alijonov ishtirok etdi.
Muloqot davomida Ichki ishlar organlarini ishonchli professional tuzilmaga aylantirish fuqarolar hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda ishlashni ta’minlash, mamalakatimizda qonun ustuvorligini, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarga allohida to’xtalib o’tdi.
Shundan so’ng yuridik texnikum o’quvchilari ichki ishlar organlari tizimi va faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.