#yangilik
⚡️Surxondaryo viloyati yuridik texnikumida Termiz davlat universitetining Yuridik fakulteti "Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi" kafedrasi o'qituvchisi K.Xoldorov texnikum “Mutaxassislik fanlari” kafedrasi mudiri J.Erniyazov hamda kadrlar bo’yicha inspektor G.Tagayeva ishtrokida Yuridik xizmat yo’nalishi 2-24-guruhi o’quvchilari uchun “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati olib bordi.
✅ Davra suhbati davomida, Korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omil, barcha mamlakatlarga tahdid soluvchi murakkab iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hodisa ekanligi haqida aytib o‘qildi.
❗️Shuningdek, respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va uning maqsad vazifalari haqida batafsil ma'lumotlar berib o‘tildi.