May 7, 2022

#yangilik


Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i J.Nuritdinov Toshkent viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari bilan muloqot o‘tkazdi.

🔹Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida texnikumdagi o‘qish va o‘quvchilar uchun beriladigan imtiyozlar, “Yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud ta’lim muassasalariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi va shartlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, texnikum bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni ishga joylash hamda o‘quvchilarning kontrakt-to‘lovi masalalari muhokama qilindi.

🔹Uchrashuvdan so‘ng J.Nuritdinov texnikumda o‘quv jarayoni, o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan texnikum rahbariyatiga tegishli topshiriqlar berdi.