#yangilik
⚡️Andijon viloyati yuridik texnikumi tashabbusi bilan ingliz tilida “Na’munaviy sud protsessi” hamda professor Sajjid Valappi hamkorligida ochiq dars jarayoni tashkil etildi.
🔹Mazkur sud protsessida Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi sudyasi E.Pirmatov, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudi raisi I.Azizov shuningdek, respublikadagi barcha yuridik texnikum o‘quvchilari zoom platformasi orqali ishtirok etdi.
🔹Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad, o‘quvchilarni nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, milliy qonunchilik tizimini chet tillarida mukammal qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, shu bilan birga yuridik texnikumlarga xorijiy mutaxassislarni keng jalb etgan holda, xalqaro standartlarga javob beradigan huquqshunos kadrlarni tayyorlashdan iborat.
🔹Bu kabi loyihalarni amalga oshirish o‘quvchilarda chet tillarini chuqur o‘rganish, xorijiy mamlakatlar qonunchilik tizimini qiyosiy tahlil qilish hamda nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkonini yaratadi.