#yangilik
NAVOIYDA RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI TASHKIL ETILDI
Huquqiy ta’lim adliya organlari tizimidagi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Navoiyda ham mazkur tizim rivojiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Bunda yoshlarga bilim berish, balki ularni kasbga yo‘naltirish ham e’tibor markazida.
Shu maqsadda, Navoiy viloyati yuridik texnikumida viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i A'zamjon Sarabekov bilan yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Muloqot davomida huquqshunos mas'uliyati, yuridik ta’limda xalqaro tajriba xususida so‘z yuritildi. Shundan so‘ng, milliy qonunchiligimizda yoshlar uchun belgilangan imtiyozlar, islohotlar orqali yaratib berilayotgan sharoitlar va ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi.
"Uchrashuv davomida men o‘zim uchun juda katta motivatsiya oldim. Huquqshunos milliy, balki xalqaro darajadagi qonun hujjatlarini biladigan, tahlil etaoladigan shaxs bo‘lishi kerakligi, buning uchun qanday bosqichlardan o‘tishi mumkinligi, o‘qish jarayonlarini to‘g‘ri olib borish yo‘llari haqida ham aniq tasavvurga ega bo‘ldim. Buning uchun xorijiy tillarni o‘zlashtirish nihoyatda muhim ekan. Ayni paytda men IELTS sertifikatiga egaman. Bu mening dastlabki qadamlarim kelajakda o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlab, xalqaro toifadagi huquqshunos bo‘lishga harakat qilaman" - deydi yuridik texnikum o‘quvchisi I. Baxtiyorova.
Qizg‘in bahs-munozarga boy bo‘lgan uchrashuvda boshqarma boshlig‘I shaxsiy bot kanalini yaratish, texnikum kutubxona fondini boyitish bilan bog‘liq bir nechta takliflari ko‘rib chiqish masalalarini muhokama qildi.