September 11, 2023
#yangilik
⚡️ Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida yangi 2023/2024-o'quv yili dars jarayonlari boshlandi.
🔹Joriy yilda kirish test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib, davlat granti va to'lov kontrakti asosida o'qishga qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota onalari uchun yuridik texnikumlarda tadbir tashkil etildi.
🔹Tadbir davomida, yuridik texnikumlarning “Adliya vaziri stipendiyasi” sovrindorlari bo‘lgan o‘quvchilarga stipendiya guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.
🔹Tadbir so‘ngida, o‘quvchilar uchun yangi o‘quv yilining ilk dars mashg'ulotlari olib borildi.