May 12, 2022

#yangilik


Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida olib borilayotgan seminar-treninglar davom etmoqda


1. Buxoro viloyati yuridik texnikumi Davlat-huquqiy faoliyat yo‘nalishi 1-bosqich o‘quvchilariga TDYUning Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi mudiri V.Davlyatov tomonidan “Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi va xalqaro standartlar" mavzusida;

2. Shuningdek, Sud-huquqiy faoliyat yo‘nalishi 1-bosqich o‘quvchilariga Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi professori D.Suyunova tomonidan “Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish" mavzusida;

3. Qoraqalpog'iston Respublikasi yuridik texnikumi Sud-huquqiy faoliyat yo‘nalishi 1- bosqich o‘quvchilariga TDYUning Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi professori S.Maxmudov tomonidan “Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish" mavzusida mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Telegram | • Instagram | • Facebook