April 7, 2022

#yangilik


Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida o‘tkazilayotgan mahorat va ochiq darslar

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi “Xususiy- huquqiy fanlar" kafedrasi oʻqituvchisi O.Egamova "Ma'muriy huquq" modulidan “Ma'muriy hujjat" mavzusida 2-bosqich "Yuridik xizmat" yoʻnalishi 4-20 guruh oʻquvchilariga ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdi.

Shuningdek, “Umumta’lim fanlar" kafedrasi oʻqituvchisi U.Raxmatova "Yuristlar uchun ingliz tili" modulidan “Describe character. Use the Present Perfect" mavzusida
1-bosqich "Davlat huquqiy faoliyati" yoʻnalishi 13-21 guruh oʻquvchilariga ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdi.

Ochiq dars mashg'uloti slaydlar, audio va video materiallar hamda interfaol metodlar (aqliy xujum, baxs-munozara, blits-soʻrov, debat va boshqa usullar)dan unumli foydalangan holda olib borildi.

Jizzax viloyati yuridik texnikumida "Huquqiy ko'nikma va metadologiya" modulidan Ismoilov A. tomonidan, S.H.F 8/21-guruh o'quvchilari uchun "Huquqshunos faolyatida tanqidiy fikrlash" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi.

Shuningdek, “Xususiy huquqiy fanlar” kafedrasi o’qituvchi Luiza Xaqnazarova tomonidan “Yuristlar uchun ingliz tili” modulidan I-bosqich Yuridik xizmat 7/21-guruh o’quvchilari ishtirokida “People” mavzusida bo’lib o’tdi.

Xorazm viloyati yuridik texnikumi o'quvchi-yoshlari uchun "Jamoatchilik nazorati-jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlashning muhim sharti" mavzusida mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Telegram | • Instagram | • Facebook