May 26, 2023
#yangilik
Yuridik texnikum o‘quvchilari amaliyotda
✅ Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 1-kursda tahsil olayotgan o‘quvchilari tanishtiruv amaliyotini, 2-kursda tahsil olayotgan o‘quvchilari malakaviy amaliyotini o‘tash uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat tashkiloti va idoralariga yuborilgan edi.
✅ Yuridik texnikum o'quvchilari o'quv yili mobaynida ustozlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, o‘z tanlagan sohasi bo'yicha ko'nikma va malakaga ega bo'lish uchun tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq amaliyotni olib bormoqda.