#yangilik
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida “Professional yuridik kadrlarni tayyorlash jarayonida o‘qitishning kredit-modul tizimini qo‘llashning afzalliklari” mavzusida o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida 2023-yilda o‘tkaziladigan konferensiyalar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi tomonidan “Professional yuridik kadrlarni tayyorlash jarayonida o‘qitishning kredit-modul tizimini qo‘llashning afzalliklari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gibrid formatda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada Andijon, Namangan viloyati yuridik texnikumi rahbar va pedagog xodimlari hamda o‘quvchilar offlayn tarzda shuningdek, Adliya vazirligi yuridik texnikumlari masofaviy tartibda ishtirok etdi.
Ilmiy-amaliy konferensiyani yuridik texnikum direktori M.Toshmatova kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha konferensiya ishtirokchilariga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyada yuridik texnikum direktorining o‘quv-ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari A.Ergashev “O‘zbekistoning ta’lim jarayonida kredit-modul tizimi” mavzusida, Farg‘ona davlat universiteti kafedra mudiri, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.Ahrorqulov “O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlarida kredit-modul tizimiga o‘tish bosqichlari” mavzusida, Toshkent Davlat yuridik universitetining o‘quv-uslubiy boshqarmasi, talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i S.Rajabboev “Kredit-modul tizimi va o‘quv jarayonlarini xorijiy tajriba asosida tashkil etish” mavzusida, Namangan viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi F.Usmonova “Kredit-modul tizimining afzalliklari” mavzusida hamda Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi Sh.Yuldashev “Yuridik ta’limda kredit-modul tizimining afzalliklari va ayrim muammolari” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Shu bilan birga, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasining Osh davlat universiteti yuridik fakulteti yuridik fanlar nomzodi, dotsent N.Pazilov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar, Farg‘ona shahridagi Koreya-xalqaro universitetining o‘quv-ishlari bo‘yicha prorektor o‘rinbosari N.Fazilov, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali o‘qituvchisi F.Po‘latov hamda ish beruvchilarning vakili sifatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining raisi U.Oripovlar qatnashdi.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning yalpi majlisi yakunidan so‘ng ishtirokchilar ikkita sho‘balarda konferensiya ishini muhokama qilishdi.
Birinchi sho‘bada professor-o‘qituvchilar uchun Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori o‘rinbosari N.Fazilov tomonidan kredit modul tizimida professor–o‘qituvchilarning faoliyati, o‘quvchilar bilimini baholash tartiblari hamda o‘quvchilarning mustaqil tayyorgarlik masalalari bo‘yicha tushunchalar berdi hamda oliy ta’lim muassasalari hamda yuridik texnikumdagi o‘quv jarayonlari taqqoslab mavjud kamchilik va yutuqlar muhokama qilindi.
Ikkinchi sho‘bada Farg‘ona, Аndijon va Namangan viloyatlari yuridik texnikumlari o‘quvchilari uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchisi G‘.Po‘latov tomonidan kredit-modul tizimida tahsil olishning umumiy tartibi, o‘tilayotgan modullar bo‘yicha kreditlarni yig‘ish, kredit-modul tizimining o‘quvchi-yoshlar uchun afzalliklari va pirovard maqsadlari aniq bir mutaxassislikka ega bo‘lish bo‘yicha amalga oshirilayotgan va kelajakda yoshlarni yevropa ta’lim tizimi asosida tahsil olishi hamda xalqaro maydonda o‘z bilim va salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida takidlab o‘tildi.