May 23, 2022
#yangilik
Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari ishtirokida team building treningi bo‘lib o‘tdi
🔹Dastavval o‘quvchilar "Besh tashabbus" doirasidagi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha taklif va g‘oyalarni ilgari surdi.
🔹Shuningdek, hozirgi kunda huquq sohasiga oid ma'lumotlarni doimiy ravishda o'quvchilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali ommalashtirib borish yo'lga qo'yildi.
🔹 Trening so‘ngida, 2022/2023 o'quv yilida maktab bitiruvchilarini hamda yuridik sohada tahsil olish istagida bo'lgan fuqarolarni yuridik texnikumga jalb etish maqsadida "NVYUT QABUL 2022/2023" dasturi qabul qilindi.