#yangilik
Dilfuza Nosirova Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Moskva shahridagi Rossiya Xalqlar Do‘stligi universitetida “Rus tili va chet el fuqarolarining ijtimoiy-madaniy moslashuvi muammolari" mavzusidagi IX xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Andijon viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi D.Nosirova o‘z maqolasi bilan ishtirok etdi.
Ma'lumot o'rnida, mazkur konferensiya xorijiy fuqarolarning ijtimoiy-madaniy moslashuvi va integratsiyasining dolzarb masalalarini ekspertlar bilan muhokama qilish, bu boradagi ilg‘or xalqaro tajribalarni almashish uchun eng yirik Rossiya platformasi hisoblanadi.
Konferensiya ishida har yili 200 dan ortiq ekspertlar, jumladan, Rossiyaning 140 ga yaqin universitetlari xodimlari, dunyoning yetakchi universitetlari ekspertlari, diniy va milliy-madaniy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. An'anaga ko'ra, Rossiya Federatsiyasining davlat qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari mutaxassislari ishtirok etish uchun taklif etiladi.
Joriy yilda konferensiya kun tartibidagi asosiy masalalar migratsiya qonunchiligining huquqiy yangiliklari, chet el fuqarolarining moslashuvida gumanitar fanlarning o‘rni, shuningdek, til o‘rganishni raqamlashtirishga qaratildi.