May 11, 2022
#yangiliklar
Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining ikkinchi bosqich o‘quvchilari uchun yakuniy nazorat ishlari haftaligi boshlandi
🔹Yakuniy nazoratlar ishlari haftaligi tasdiqlangan o‘quv reja hamda o‘quv jarayoni grafiklarida belgilangan muddatlar asosida bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Yuridik texnikumlarda olib borilayotgan yakuniy nazorat ishlarining shaffofligini taʼminlash maqsadida har bir guruhga nazoratchi pedagog xodimlar biriktirilgan.
🔹Kafedralar tomonidan tayyorlangan yakuniy nazorat ishi savolnomalari oʻquv-metodik boʻlimda koʻrib chiqilib, tasdiqlangan holda oʻquvchilarga taqdim etilmoqda.
📌Eslatib o‘tamiz yakuniy nazorat ishlari haftaligi 2-bosqich o‘quvchilari uchun joriy yilning 20-mayiga qadar davom etadi.