#Yangilik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ–3666-son "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaroriga muvofiq Adliya vazirligi yuridik texnikumlari tashkil etilgan.
✅ 5 yil davomida yuridik texnikumlar faoliyatida erishilgan natijalarga nazar tashlasak.
✅ O‘tgan davr mobaynida yuridik texmnikumlar faoliyatini tartibga solish va o‘quv jarayonlarini sifatli va samarali tashkil etishda 10 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etildi;
✅ Yuridik texnikumlarga mamalakatimizdagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari va kollejlarni tamomlagan o‘quvchilar hujjat topshirishlari mumkin.
✅ Yuridik texnikumda 3 ta: “Davlat huquqiy faoliyat”, “Sud huquqiy faoliyat” va “Yuridik xizmat” soha mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv jarayonlari olib boriladi;
✅ Yuridik texnikum bitiruvchilari o'rta maxsus professional ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi diplomga ega bo‘ladi;
✅ Bugungi kunda yuridik texnikumlarda faoliyat olib borayotgan 210 nafar pedagog xodim tomonidan jami 4500 nafarga yaqin o‘quvchiga ta'lim berib kelinmoqda;
✅ O‘tgan davr mobaynida 10 000 ga yaqin o‘quvchilar yuridik texnikumlarni tamomlagan va o‘z sohasi bo‘yicha faoliyat olib bormoqda;
✅ Yuridik texnikumlarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli xil tanlovlar, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar tashkil etib kelinmoqda;
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti doimiy tarzda yuridik texnikumlarga o‘quv metodik jihatdan ko‘maklashib kelmoqda, bunda universitetning yuqori malakali professor-o‘qituvchilari va xorijiy mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar hamda mahorat darslari olib borilmoqda.
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan bugungi kunga qadar har bir yuridik texnikum 21 nomdagi yangi avlod darsliklari hamda 1000 dan ortiq badiiy va boshqa turdagi adabiyotlar bilan ta’minlangan.
✅ Yuridik texnikumlarni yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan tamomlagan o‘quvchilar Toshkent davlat yuridik universiteti va “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi boshqa oliy ta’lim tashkilotlariga suhbat asosida o‘qishga kirish imkoniyatiga ega.
✅ Hozirgi kunga qadar 60 nafardan ortiq yuridik texnikumlar bitiruvchilari ushbu imtiyoz asosida TDYUda o‘qishini davom ettirmoqda;
✅ Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta'lim dasturlari doirasida o‘qishni bitiradigan o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida 2 ta diplom olish imkoniyatiga ega ekanligini ta'kidlab o‘tish joiz.