April 26, 2022
#yangilik
Yuridik texnikum o‘quvchilari Adliya vazirligiga sayohat qildi
Dastlab, o‘quvchilar vazirlik tarixi, tarkibiy tuzlimalar faoliyati va xodimlarning ish tartibi bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i S.Urinbayeva Adliya vazirligining ochiqlik siyosati, qonun hujjatlari ustida olib borilayotgan ish jarayonlari va qator masalalar yuzasidan batafsil ma'lumot berib o‘tdi.
Uchrashuv davomida, Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi mas'ul xodimi O.Boyquvatov tomonidan suhbat tashkil etildi va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.