April 13, 2022
#yangilik
⚡️Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi hamda DXX Chegara qo'shinlariga qarashli harbiy qism o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
🔹Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular orasida huquqiy savodxonlikni yuksaltirish yoshlar siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
🔹Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi hamda DXX Chegara qo'shinlariga qarashli harbiy qism bilan yuqoridagi maqsadlarni o'z ichiga olgan hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi.
🔹Bu borada, ta'lim muassasalari o‘z faoliyatini hamkorlikda olib borishga va yuridik texnikumda "Yosh chegarachilar" klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni kelishib olishdi.