#yangilik
Yuridik texnikum o'quvchilari uchun “Zakovat” intellektual o'yinlari bo'lib o'tadi
"Zakovat” intellektual o’yinlarini onlayn tashkil qilishdan asosiy maqsad:
Yuridik texnikum o’quvchi-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, intellektual salohiyatini va mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish hamda bilimdon yoshlarni qo’llab quvvatlashdir.
“Zakovat” intellektual o’yinlari onlayn tarzda har oyda olib boriladi:
Onlayn intellektual o’yinlar 3 bosqichda bo'lib o'tadi.
Intellektual o’yinlar joriy yilning 2-fevral kunidan 17-fevral kuniga qadar olib boriladi.
Savollar telegram messenjeridagi kanal orqali beriladi va ishtirokchilar tomonidan savollarga javob maxsus bot orqali qabul qilinadi.
1. Chorak finalda savollar e’lon qilingandan so‘ng kanalga a’zo bo‘lgan ishtirokchilar 5 daqiqa ichida berilgan savollarga javob yo’llashi lozim.
Belgilangan vaqtda birinchi va to’g’ri javob yo’llagan ishtirokchilarning javoblari e’tiborga olinadi va qayd etib boriladi.
Ushbu bosqichda har kuni 5 tadan (jami 50 ta, har bir to‘g‘ri javobi uchun 1 ball) savol berib boriladi. Savollar berish vaqti 2-11-fevral kunlari soat 14:00 dan 17:00 ga qadar davom etadi.
Eslatma: Chorak finalda boshlovchi tomonidan berilgan 50 ta savollarga belgilangan
5 daqiqa ichida to‘g‘ri javob yo'llagan va eng yuqori ball to‘plagan 30 nafar o’quvchilar yarim finalga yo’llanma oladi.
2. Yarim finalda yo‘llanma olgan 30 nafar o‘quvchi ishtirok etadi.
Boshlovchi tomonidan berilgan savollarga ishtirokchilar belgilangan 5 daqiqa ichida javob yo’llashi kerak. Belgilangan vaqtda birinchi va to’g’ri javob yo’llagan o’quvchilarning javoblari e’tiborga olinadi va qayd etib boriladi.
Yarim final bosqichida har kuni 5 tadan (jami 15 ta har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) savol berib boriladi.
Savollar berish vaqti 12-14- fevral kunlari soat 14:00dan 17:00 ga qadar davom etadi.
Eslatma: Chorak va yarim finalda eng yuqori ball to‘plagan 5 nafar o’quvchi final bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo‘lga kiritadi.
3. Final: Bu bosqichda har kuni 4 tadan (jami 12 ta har bir to‘g‘ri javob uchun 3-ball) savol berib boriladi. Savollar berish vaqti 15 -17 fevral kunlari soat 14:00dan 17:00 ga qadar davom etadi.
Eslatma: Ishtirokchilar tomonidan chorak va yarim finalda to‘plangan ballarining jami finalda to‘plagan balliga qo‘shib hisoblanadi.
Agarda ishtirokchilarning to‘plagan ballari bir xil bo‘lib qolgan taqdirda 17-fevral kuni soat 17-00 dan 18-00 ga qadar qo‘shimcha 3 ta savol beriladi, har bir to‘g‘ri javob uchun 5 balldan qo‘shib baholanadi.
O'yin natijalariga ko'ra intellektual salohiyati va mantiqiy fikrlash qobiliyati yuqori bo‘lgan 3 nafar ishtirokchi intellektual o‘yinning mutloq g‘oliblari deb e’tirof etiladi va
1, 2, 3-darajali diplom hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Intellektual o'yinlar quyidagi kanal orqali bo'lib o'tadi https://t.me/tshyt_zakovat
Eslatma: “Zakovat” intellektual o’yinlarda ishtirok etuvchi o'quvchilar mazkur kanalga o'z ism sharifini qayt etgan holda kirishlari lozim.
Mazkur qoidaga rioya etmagan ishtirokchi kanaldan avtomatik tarzda chetlashtiriladi.
• Telegram | • Instagram | • Facebook