February 10, 2022

#yangilik


"Yilning eng yaxshi o'qituvchisi" nominatsiyasi bo'yicha o'tkazilayotgan tanlovning dastabki bosqichi g'oliblari aniqlandi


Avval xabar qilganimizdek, Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o'rtasida bo'lib o'tadigan "Yilning eng yaxshi o'qituvchisi" nominatsiyasi bo'yicha o'tkazilgan tanlovning dastabki bosqichiga start berildi.

Tanlov nizom talablariga muvofiq yuqori saviyada tashkil etildi va tanlov komissiyasining yakuniy xulosasiga ko'ra 1-2-3 o'rin g'oliblari aniqlandi.

Ular quyidagilar:

Jizzax viloyati yuridik texnikumi:
1-o‘rin Fuqarolik huquqi fani o‘qituvchisi Mamatqulova Gulzoda Xolmurodovna 2-o‘rin Konstitutsiyaviy huquq fani o‘qituvchisi Muxamadiyev Xojiakbar Aslitdinovich 3-o‘rin Fuqarolik protsessual huquqi fani o‘qituvchisi Mamedova Zarifa Xakimdjanovna

Namangan viloyati yuridik texnikumi:
1-o'rin Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri Egamova Guli Ozadovna 2-o'rin Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri Raximov Nodirbek Mutalliyevich 3-o'rin Yuristlar uchun ingliz tili fani o'qituvchisi Usmonova Feruza Kosimjon qizi

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi:
1-oʻrin Davlat va huquq nazariyasi fani oʻqituvchisi Amanyoʻlov Sindor Fahriddin oʻgʻli 2-oʻrin Konstitutsiyaviy huquq fani oʻqituvchisi Yoʻldoshev Sherzod Ravshan oʻgʻli, 3-oʻrin Fuqarolik huquqi fani oʻqituvchisi Toʻxsonov Mansur Nematovich

Toshkent viloyati yuridik texnikumi:
1-oʻrin Fuqarolik protsessual huquqi fani oʻqituvchisi Ubaydullaev Doston Akbar o‘g‘li 2-oʻrin Davlat va huquq nazariyasi fani oʻqituvchisi Farxutdinova Matluba Amanbaevna 3-oʻrin Konstitutsiyaviy huquq fani oʻqituvchisi Abdunazarov Abduraxmon Toshtemirovich

Eslatib o'tamiz, tanlovning nizom talablariga muvofiq dastlabki bosqichda 1-o'rinni egallagan ishtirokchi tanlovning yakuniy bosqichida qatnashish huquqiga ega hisoblanadi.

Telegram | • Instagram | • Facebook