February 8, 2023
#yangilik
“Biz-sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz!” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi
⚡️Navoiy viloyati yuridik texnikumida yoshlar o‘rtasida sog’lom turmush tarzini targ'ib qilish, OIV va OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish va terrorizm kabi salbiy illatlarni oldini olishga qaratilgan “Biz-sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
✅ Suhbat davomida viloyat IIB, OITS ga qarshi kurash markazi va viloyat narkologiya dispanserining mutaxassislari ishtirok etdi.
✅ Davra suhbati so'ngida "Fahsh balosi" va "Nafs qurbonlari" nomli hujjatli filmlar namoyish etildi.