December 24, 2022

#yangilik


⚡️O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o'quvchilari o'rtasida "Jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha namunaviy sud protsessi" tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

🔹Xabaringiz bor, yuridik texnikum o‘quvchilari o‘rtasida ikki kun davom etgan namunaviy sud protsessi jarayonlari o‘z yakuniga yetdi. Jarayonlar chorak final, yarim final va final bosqichlarida bo‘lib o‘tdi hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessini adolatli va shafof tarda baholab borgan hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi.

🥇Toshkent shahar yuridik texnikumi 1-darajali diplom hamda Adliya vazirligining
10 000 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🥈Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi 2-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 8 000 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🥉Jizzax viloyati yuridik texnikumlari 3-darajali diplom hamda Adliya vazirligining
6 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

🖇Shuningdek, jarayonlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar quyidagi nominatsiyalarga loyiq deb topildi.

✅ “Eng yaxshi advokat” Raxmatullayeva Malika O‘ktam qizi Navoiy viloyati yuridik texnikumi;

✅ “Eng faol sud protsessi ishtirokchisi” Abduraximova Adolat
Fazliddin qizi Buxoro viloyati yuridik texnikumi;

✅"Sud protsessining eng yaxshi notigʻi Turdaliev Axmadjon
Axadjon o‘g‘li Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari taqdirlandi.

Tanlovning Fuqarolik ishlari bo'yicha namunaviy sud protsessida ishtirok etgan jamoalar ham qizg'in bahslardan so'ng hakamlar hay'atining yakuniy xulosa natijalari e'lon qilindi.

🥇Farg'ona viloyati yuridik texnikumi 1-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 10 000 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🥈Andijon viloyati yuridik texnikumi 2-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 8 000 000 so‘m pul mukofoti bilan;

🥉Xorazm viloyati yuridik texnikumi 3-darajali diplom hamda Adliya vazirligining 6 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

🖇Jarayonlarda faol ishtirok etgan iqtidori o‘quvchilar quyidagi nominatsiyalarga loyiq deb topildi.

✅ “Eng yaxshi advokat” Abdurahimov Abdulaziz Abduhakim o‘g‘li Buxoro viloyati yuridik texnikumi;

✅“Eng faol sud protsessi ishtirokchisi” Ozodova Iroda
Xamza qizi Xorazm viloyati yuridik texnikumi

✅"Sud protsessining eng yaxshi notigʻi" Norboyeva Farangiz Ulug‘bek Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi taqdirlandi.