April 29, 2022
#yangilik
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida o‘tkazilayotgan seminar-treninglar yakunlandi.
Avval xabar qilganimizdek, Adliya vazirligi yuridik texnikumlari oʻquvchilari oʻrtasida “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi” tanlovlarini oʻtkazish tartibi bo'yicha 5 kun davomida olib borilgan seminar-treninglar yakuniga yetdi.
Mazkur seminar-treninglar Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalarini to‘liq qamrab olgan holda, belgilangan muddatlarda TDYUning malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi.
Eslatib o‘tamiz mazkur “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlari boʻyicha namunaviy sud protsessi” tanlovlariga yangi o‘quv yilidan start beriladi va 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi.