June 27, 2022
#yangilik
"Konstitutsiya - mening taqdirimda" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Fargʻona viloyati yuridik texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan takliflar, konstitutsiyaviy islohotlarga qaratilgan “Konstitutsiya -mening taqdirimda” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Trening davomida yuridik texnikum direktori M.Toshmatova tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari, unga qaratilayotgan jamoatchilik fikri va bildirilayotgan takliflar borasida texnikum pedagog xodimlari bilan muhokama qildi.