May 18, 2022
#yangilik
Andijon viloyati adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Andijon viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari uchun viloyat adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida, o‘quvchilar boshqarma tarkibiy tuzilmalarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldi.
Shuningdek, Andijon viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi, Advokatlar palatasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi hamda viloyat sudi mutasaddi vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.