April 19, 2022
#yangilik
Yuridik texnikum o‘quvchilarining nazariy olgan bilimlari amaliy darslar davomida mustahkamlanmoqda
Davlat xizmatlari agentligi Samarqand shahar bo'limi, Jinoyat ishlari bo'yicha Samarqand shahar sudida yuridik texnikum o‘quvchilari uchun amaliy dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Dars davomida o‘quvchilar Davlat xizmatlari agentligi hamda Jinoyat ishlari sudi faoliyati, ish tartibi, ijro intizomi va hujjatlarni yuritilish tartibi bilan yaqindan tanishdi.