June 2, 2025

15 – episode

Pov/ Seoyoung.

Sevgi yolg'on bo'lishi mumkinmi ? Ayni paytda Hayratdaman ,,Sevgi izhor qilmagandim o'sha kuni o'zimni boshqarolmay qoldim" dediyu g'oyib bo'ldi. Mana necha kundirki ko'rganim yo'q ,shoshma nega o'zi faqat uni o'ylayabman , hayolimda faqat u aylanib yuribdi balki u meni eslagani ham yo'qdir.
Hayollarimni yig'guncha darsga quloq tutdim hamki quloqlarim oldidan kelayotkan tovushga etibor berib ko'rdim bu professor edi. Tepamda professor turibdi jin ursin u tarafga qaraganimda mendan ko'z uzmay turganini ko'rib uyalib ketdim. O'rnimdan turishimni aytganida aniq biror qiyin savol berishini avvaldan sezib oldindan bezziladim... hayolimda esa dars bo'yicha biror malumot yoqligi esa hozir sharmanda bo'lishim mumkinligini kafolatladi.
Va nihoyat ustoz ko'z oynagini yechgancha menga o'ylab qo'ygan savolini berdi :

– biror moda dizayni yaratish uchun qanday mato , rang , va shakl uyg'ubligi qanday yo'l bilan aniqlanadi ?

Esankirab qoldim , bugun aynan shu mavzu edi. Indamay turaverganimdan so'ng xona bo'ylab professorning ,,chiqib ketishingiz mumkin" degan ovozi jarangladi. Men esa o'rtada turibman na chiqib ketishimni na qolishimni bilaman. Ortiga o'grilib ustoz yana bir bor chiqishim kerakligini aytganda noiloj chiqib ketdim.
Uyimdan unchalik uzoq bo'lmagan uyimga ketarkanman eshik tagidagi o'zimga tanish avtomabilni ko'rdim , tund kayfiyatim uni korganda tarqalib ketgandek bo'ldiyu ammo bir necha kun avvalgi gaplari yodimga tushib uni etiborsiz qoldirishga urindim.

Pov/Jimin.

Qanchalar unutishga harakat qilsam shunchalar ko'proq Sog'inadigan bo'lib qoldim. Bugun tushdan so'ng Seoyoung bilan gaplashib olish taklifini bergani keldim , keldimu o'zim oldiga kirishga o'ylanib qoldim axir bir necha kun ilgari unga nimalar demadim. Albatta ranjigandir avval bo'sa olib song o'zingdan sovuq gaplar bilan itarishing qaysi qizga yoqar ekan. Ammo bo'lmadi oldiga kirishim kerak bo'lmasa ichim yonib yurveraman oxiri mashinadan tushib turganimda qarshimda uni ko'rdim keldi da oldimdan o'tib ketdi taxmin qilganimdek hafa.
Gapni nimadan boshlashni bilmay turarkanman ortiga qaytgan qizni ko'rib unga tikildim. Jaxli chiqibdi , ikki yanog'i qizarib qolibdi , ammo ko'zlari har doimgidek chiroyli ekani hayolimga shu Onda kelib qoldi.
*
Seoyoung: Nega keldingiz ?
Jimin: Sen bilan gaplashib olishimiz kerak.
Seoyoung: Eshityabman sizni
Jimin: mashinaga chiq. Jimin
Seoyoung mashina orqa o'rindig'iga joylashishini kutib turarkan ichki sevgisini bilan qiz undan hamon ko'ngil uzmaganini his qilib lab uchida kulib qo'ydi.
Oraga sassiz sukunay cho'mdi. Mashina salonidagi jimlikni yigitning ovozi buzdi.
Jimin: Meni kutib tur. Istasang men bilan yur .
Seoyoung: Bormayman .
Jimin: mayli unda kutib tur o'n daqiqada chiqaman.

Pov /Seoyoung.
Qayerga ketdi endi bu janob ? Nega o'zi chiqib oldim ? Hayronman , yuragim shu qadar tez uryabdiki aqlim o'zim hatto bo'ysunmabdi ham , bo'ladigan ish bo'ldi , ammo nega u jim. gaplashib olamiz degan odam hamon jim.
Yoz ham nihoyalayabdi...daraxtlarning barglari yaqinda to'kila boshlaydi avval sarg'ayadida so'ng to'kiladi menga aynan shu palla yoqadi. Quyoshning qizg'in nurlarida pishgan barglar yerga to'shaladi. Bular chiroyli ammo o'sha kunlarda universitetda ko'rgazma bo'lishi yomon , bu gal bizning guruh navbati bo'lsa kerak kuz faslida universitetda ko'rgazma bo'ladi Guruhdagi har bir o'quvchiga sakkistadan surat beriladi bu ko'proq tabiat tasviridan bo'lsa kerak. Sanatshunoslik fakultetimizda shunday qiziqarli ishlar ham bo'ladi ammo bugungidek holatlar ko'proq menda sodir bo'ladi .
O'ylanib qolibman mashina ochilganda ham sezmabman shekilli Jiminning ovozi hayollarimni bo'lib tashladi. Va yana shu ovoz deya men seskandim...bu nimasi ?!

Kimlar xonadoni atrofida o'tgan 3kundan buyon qo'riqlash hizmati kuchaytirilgan edi. Sababi esa nomalum. Taehyung deraza oldidagi kursida o'tirgancha hisob kitib ishlari bilan shug'ulanardi. Nim qorong'u xonanu sigara tutuni ifori qoplab olgandi. Ayni damda u o'zida cheksiz g'azabni his qilar hoziroq hamma yerni ostun ustun qilgisi kelardi ammo Hozirda u ko'nglidagi ishlarni qilsada hechnarsani qo'lga kirita olmasligini his qilayotkani uni bosib turardi. Barmoqlari orasidagi sigara qoldig'ini maxsus idishga siqimlab tashlagan yigit boshini kreslo suyanchig'iga tashlagan holatda og'zidan sigareta tutunini ohista puflab ko'zlarini yumdi. U o'ylay boshladi nima qilsa bo'ladi...? Uzoq vaqtdan buyon qo'l ostida ushlab o'tirgan qiz ham hatto tilidan gullamadi. Mana bir necha yildirki o'z maqsadiga yo'l izlab hunob bo'ladi. Oxirgi chora esa mana shu qo'llarida ushlab turgan qiz – Moovida edi.
Hozirda qizdan foyda chiqmasligini aniq sezgan yigit uni ortiq tutib turishni istamadi ham.
Xona eshiklarini ochgan Taehyung qarshisida o'z joniga qasd qilgan qizni ko'rib hang mang bo'lib qoldi...qiz o'zini osib qo'ygan edi...Taehyung hona o'rtasidagi qizga bir muddat tikilib turarkan o'zida allaqanday aybdorlik hissini qidirib ko'rdi ammo topa olmadi...! Shu Onda u hechnarsani his qilmagani o'ziga ham jirkanch tuyilib ketdi. Ammo u hechqanday hisni his qilmagan edi. U shunchaki borib qizni arqondan halos etdi...yosh qizaloqning bugun umri erta hazon bo'lgani unga zarracha qiziq tuyilmas aksincha unda qasosdan keyingi allaqanday nomalum tuyg'u his qilgandek bo'lardi. Ko'zlari ochiq holatdagi qizni asta peshonasiga qo'llarini qo'ygan yigit qiz allaqachon halok bo'lganini bildi... . Shu Onda u sekin asta honani tark etishga shaylanarkan qizning kaftidagi qog'ozga ko'zi tushdi , uni oldi ichini ochganda esa allaqanday manzilni ko'rdi. Manzil yozilgan xatning orqasida esa ikki jumla bor edi. ,,kechir. Uni italiyadan qidir."
Shu onda Taehyung bu qizdan allaqanday jirkanib ketdi. U shu onda hechkimga achinmaslikka yana bir bor o'ziga soz berdi. Yillar davomida azoblanib kelayotkan oilasini undan ayrgan o'sha 7yil avvalgi qimor hali hamon uning yuragini tirnar edi. Honadan chiqarkan ortiga yana bir bor nazar solganda polda ko'zlari ochiq xolda yotgan qizga achinishga o'xshash hisni tuygancha qaradi holos.

* (2 kundan so'ng )
Prokraturaga kelib tushgan qotillik bo'yicha tergov ishi ochilish arafasidagi maxsus topshiriq aynan Jungkookning guruhiga yuklatilgan edi.
Jungkook: Kimda qanday fikr bor ?
Guruh rahbari sifatida ishni avval tergovchilar fikrini ochiqlashdan boshlashga qaror qildi u.
Sona : Menimcha dallillar yoq qilingan. O'rmonda o'z joniga qasd qilish bu mantiqqa hos emas.
Jungkook: o'z joniga qasd qilmagan demoqchimisiz ?
Sona: Aynan shunday.
Jungkook: lekin ekspertiza bunday demayabdi.
Sona : Bu shunchaki majburlash bo'lishi mumkinmi?
Jungkook: balki. Borib o'rganish kerak. Yana kimda qanday fikr bor?
Ularning guruhiga kelgan Soyun ismlo yangi hodim o'rtaga o'z fikrlarini tashlashga qaror qilgandi. U bir ikki tomon qirgancha gap boshladi bu Onda barcha uning fikrini tinglashga shay edi.
Soyun: Mening fikrimcha bu qotilikka ham o'z joniga qasd qilishga ham o'xshab ketyabdi chunki siz aytgandek ekspertiza hulosalariga tayanadigan bo'lsak qizning tanasida boshqa jarohatlarni ham inobatga olishimiz kerak. Lekin qotillik aynan mana shu jarohatlarni kimdir yetkazgan degan fikr bilan bog'liq.
Sona: Fikringiz qaysidir manoda to'g'ri ammo bu ichki faraz holos.
Jungkook shu Onda hodimlarning fikrini tinglarkan o'zi bilan o'zi ishni nimadan boshlashni kelishib oldi.
Jungkook: Bugun quyidagi ishlarni amalga oshiramiz , Sona , Wonsong sizlar jinoyat joyini va uning atrofidagi yo'llardagi kuzatuv kameralarini tekshirib kechgacha biror natija olib kelishga harakat qiling. Sonmin sen esa Moovida haqida malumot yig'asan 19yillik umri davomidagi barcha barchasi aniq bo'lishi kerak Soyun va men oxirgi 6 7 yillik umrini esa birma bir tekshirib chiqamiz. Hammaga omad kechqurun 21.00da yig'ilamiz.

Pov /Taehyung

Sekin sekin hammasi ochilib bormoqda...6yillik sirlar ham...
Avval qog'ozdagi manzilni qidira boshladim topganimda esa tajuubdan qotib qoldim. Bu oddiygina qizning uy manzili ekan 2kundan buyon kuzatyabman hatto odamlarimga ishonmay o'zim nazorat qilyabman oddiy bir qiz yashaydigan manzilda nima bo'lishi mumkin menga kerakli narsa bu yerda emasligi aniqku. Italiya bilan bog'liq nima qolgan bo'lsa barchasini Jimin aniqlashini aytdi...ammo o'zim borishim kerak . Jiminni bu muammoga aralashtirmasamda shundoq ham maummosi ko'p uning.
Kech tushib qolgan payt o'sha qiz uyidan chiqdi men esa uy ichiga kirdim. Shinam xonadon eshiklaridan kirganimdayoq bu qiz yolg'iz yashashini bildim. Mehmonxona , oshxona , zal hammasini birma bir qarab chiqdim ammo biror malumot topa olmadim oxirgi manzil bu uning yotoqxonasi edi. Yuqori qavatga chiqib yo'lak oxiridagi yagona Xonaga kirdim . Tartibga keltirilgan yotoq , uning burchagida turgan stol ustida guldon ichida oppoq atirgullar qo'yilgan , deraza ochiq bo'lgani uchun unga osib qo'yilgan oppoq darpardalar shamolda silkinadi. Parda orasidan esa to'lin oy mo'ralab turardi ....
Avvaliga xonadagi kattagina kitob javonidan o'zim izlayotkan malumotni qidirishni boshladim shu paytgacha qidiruv ishlarim natijasida topganim 18 yoshli Kim Aerin ismli qizning shaxsini tasdiqlpvchi hujjati edi boshqa bu yerdan natija chiqmasligini bilganimda esa albatta yotoqdan biror narsa topishimga umid qildim.
Eshik tomondan oyoq tovushlarini eshitgan onim shoshilinch ravishda panaga o'tdim eshikdan kirib kelgan qiz chiroqni yoqmadi ham shkafdan kiyim olganda u nima qilmoqchi ekanini bildim ammo teskari qaramadim ham kiyimlarini asta yecha boshlashi allaqachon meni aqldan ozdirgandi...Egniga ilingan oddiy harir tungi ko'ylak qizning qomatiga monand edi...
Demak Kim Aerin sensan.