Huquqiy targibot kuni o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Kogon shahar adlya bo'limi tomonidan 2024-yil 30-oktyabr kuni "Temir yo'lchi" MFYda "Huquqiy Targibot kuni" o'tkazildi.
Tadbir doirasida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Energiya resruslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi PQ-222-son qarorininh mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun mohiyati to'g'risida tushuntirish berildi.
Aholi bilan sayyor qabul o'tkazilib, mahallaga o'z muammolari bilan kelgan fuqarolarga qonunchilik yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Adliya bo’limi xodimlari tomonidan mahallada uyma-uy yurilib xonadonlarga kirib chiqildi va huquqiy muammolar o’rganildi. O‘rganishni talab qiladigan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
✅ Tadbir davomida fuqarolar tomonidan berilgan savollariga javob berildi.