April 11, 2025

Kogon shahar Adliya bo'limi DXM direktori J.Kamalov tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini tashkil qilish chora-tadbirlari doirasida manzilli uchrashuvlar tashkil qilindi.

Jumladan Kogon shahar , Beruniy MFY , Tashabbuskor ko'chasida yashovchi fuqaro F.Jo’rayev hamda Mirobod ko'chasida yashovchi M.Baqoyevalar bilan uchrashuv jarayonida ularning bandligi, oilaviy holati, yashash sharoiti, boʼsh vaqtida oilasi bilan nima mashgʼulot bilan shugʼullanishi hamda muammolari va qiziqishlari to'g'risida suhbatlashildi.

Kogon shahrida har bir rahbar xodim kesimida yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazish tadbirlari davom etmoqda.

Kogon shahar Adliya bo'limi DXM