“Huquqiy mahalla” tadbiri amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Adliya vazirligining “Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini tashkil etish hamda fuqarolarning qonunlarda mustahkamlanib qo’yilgan huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanish holatini monitoring qilsh chora-tadbirlari to’grisida”gi buyrug’ ijrosini ta’minlash maqsadida, Kogon shahar adlya bo'limi tomonidan joriy yilning 4-aprel kuni “Bobur” MFYda “Huquqiy mahalla”konsepsiyasi tadbiri amalga oshirildi.
Tadbir doirasida, adliya xodimlari har bir xonadonga uyma-uy kirgan holda aholining huquqiy muammolari o’rganildi.
Tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 1-son Qarori,“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunni hamda Energiya resruslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi PQ-222-son qarori mazmun-mohiyati to'g'risida tushuntirishlar berildi.
O‘rganishni talab qiladigan murojaatlar “Adliya-mahalla” platformasiga kiritilishi ta’minlandi. “Bobur” MFYda mazkur tadbirlar davom etmoqda.