“Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonuni yuzasidan targ‘ibot tabirlari o‘tkazildi.
Kogon shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan joriy yilning 27-mart kuni "Zirabot" mahalla fuqarolar yigʼinida “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonuni yuzasidan targ‘ibot tabirlari o‘tkazildi.
“Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi 15.10.2018-yildagi O‘RQ-499-sonli Qonuniga asosan joriy yilning may-iyul oylarida fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tuzilgan bo’lib ushbu komissiya a’zolari tomonidan mahallada shakllangan ishchi guruhlari a’zolariga seminar-o‘quv ishlari o'tkazildi.
Seminar jarayonida ishchi guruh a’zolariga ularning vazifalari yuzasidan va fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risidagi qonunchilikning mazmun-mohiyati, fuqarolar yig‘ini raisi saylovini tashkil etish asoslari to’g’risida barcha ma’lumotlar berilib guruh a'zolarining malakasi oshirildi.
Tadbir davomida berilgan savollarga to'liq javoblar berildi.
Kogon shahar adliya bo'limi Yuridik xizmat koʼrsatish markazi