March 24, 2025

   Huquqiy targʼibot va monitoring oʼtkazildi

Kogon shahar adlya bo'limi YUXKM tomonidan 9-DMTTda joriy yilning 24-mart kuni huquqiy targ’bot hamda monitoring o’tkazildi.

Tadbir davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 1-son Qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Menhat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundafi PQ-5168-son Qarori hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida” Nizom asosida monitoring o’tkazilib, berilgan savollarga to‘liq javob berildi.

Shu bilan birga, "E-huquqshunos" tizimida ishlash bo’yicha tushuntirishlar berildi.

Kogon shahar Adliya bo'limi YUXKM