Fucked for Fortune
Taehyung yotoqdan turib kiyimini kiya boshladi. Miju yotoqda o'tirib oldi. U jimgina yigitni kuzatar edi va bo'lgan ish uchun uning munosabati qanday bo'lishini kutdi.
Taehyung: Bu ishni bo'lmadi deb xisoblaymiz.
Taehyung: Chunki sen Park ning xotinisan! Bu bir xato edi...
Qiz yotoqdan turib yigitning oldiga bordi va qo'laridan tutdi. Yigit qo'lini tortib olishni istardi amma yuargi bunga yo'l qo'ymas edi.
Miju: Bir kunmas bir kun u o'ladi... Biz esa bir birimizga imkon berib ko'rishimiz kerak.
Shu payt tashqarida mashina to'xtagan ovozi eshitildi. Miju deraza oldiga bordi va mashinadagi odamni ko'rib rangi oqarib ketdi.
Taehyung: Axir u shifoxonada bo'lishi kerak ediku!
Ikkalasi ham bir biriga qaradi. Bir necha daqiqa oldingi xotirjamlik butkul yo'qoldi. Taehyung darxol derazadan qaradi va ko'rgan insoni haqiqatdan ham Park edi. Park mashinadan tushib hassaga tayanib uyga kirardi.
Miju: Jin ursin* Men xonani tartiblayman... sen uni kutib ol!
Taehyung bosh irg'ab xonadan chiqib ketdi. Miju esa tezda ko'ylagini kiyib xonani tartibga solishni boshladi. Park uyga kirdi va barcha xizmatkorlar o'z ishiga qaytdi.
Taehyung: Janob siz shifoxonada davolanishingiz kerak edi.
Park: Shifokorlarga uyda davolanishimni aytdim. Xizmatkorga ayt menga qaxva tayorlasin.
Taehyung: Xonim xonasida... Dam olishini va bezovta qilmasligimizni aytdi.
Park: Xizmatkorga ayt uni chaqirsin!
Miju yuqori qavatdan ularning suhbatini tinglab turar edi. U kiyimlarini to'g'irlab pastgi qavatga tushdi va erining quchog'iga o'tirdi.
Miju: Men shuyerdaman... Azizim siz yana bir necha kun shifoxonada davolanishingiz kerak edi.
Park qizga javob bermoqchi edi lekin birdan uning ko'zi uning bo'ynidagi izga tushdi lekin xech nima demadi. U Mijuning bo'ynidagi izga tikilib qoldi. Qiz erining nigohini sezib darov sochlari bilan bo'ynidagi izni yopdi. Shu payt xizmatkor ayol Park ning qaxvasini olib keldi. Qizning nigohi stakanga tushdi va sezilmas jilmaydi. Park qaxvani oldib ichdi va qaxvada g'alati tamni sezdi.
Park: Menimcha qaxvaning tami g'alatiroq.
Pov_Miju: Dori miqdorini ko'p qo'shib yuborgan. Nahotki bir ishni eplolmasa landavur!
Miju: Azizim axir siz shifoxonadan qaytdingiz... Menimcha bu siz ichgan dorilar sabab bo'lsa kerak...
Park: Ha gaping to'g'ri. Men xonamda ishlarim bilan shug'ulanaman.
Miju: Axir sizga dam olish kerak.
Park: Bir necha soat ishlarni ko'zdan kechiraman so'ng dam olsam ham bo'ladi.
Park xonasiga ketishi bilan Miju xizmatkor ayolga jaxil bilan qaradi. U o'rnidan turib xizmatkorni qo'lidan tortib oshxonaga kirishdi.
Miju: Dorini nega meyoridan ko'p qo'shding? Bu nima qilganing!
– Xonim bu tasodifan bo'ldi...
Miju: Sen aqldan ozdingmi! Agar u usha zaxoti o'lganda bu biz uchun xavfli bo'lardi!
Miju: Bundan buyon xato qilishga xaqing yo'q! Tushunarlimi?!
Park xonasiga kirib kresloga suyanib o'tirdi. Uning hayolidan xotinining bo'ynidagi iz ketmas edi. U shubhalana boshladi. Eshik taqilab xonaga xizmatkor ayol kirdi.
Park: Ha... Men shifoxonada bo'lganimda Miju xech kim bilan uchrashmadimi?
– Xonim har kuni uyda edi. Faqat shifoxonaga bordi.
Park: Bugundan boshlab uning har bir harakatini kuzatasan va menga yetkazasan!
Xizmatkor ayol xonadan chiqib tezda oshxonaga bordi. Miju esa xizmatkor ayolni kutib o'tirar edi. Xizmatkor oshxonaga kirishi bilan yon atrofga qarab eshikni yopdi.
Miju: Nima bo'ldi? Nega uzoq qolib ketding?
– Janob sizdan shubxalanyabdi. Endi sizning har bir harakatingizni kuzatishimni aytdi.
– U yo'qligida siz boshqa odam bilan uchrashdingizmi yo'qmi shuni nazarda tutdi.
Miju: Unga nima deyishingni o'zim aytaman!
Miju shu so'zlarni aytib oshxonadan chiqdi. U Taehyung bilan gaplashishi kerak ammo Park uydaligi sabab extiyotkor bo'lishi kerak edi. U derazadan hovliga qaradi lekin Taehyung yo'q. Qiz yigitning xonasiga bordi. Eshik yarim ochiq edi. Qiz xonaga kirib eshikni ortidan yopdi. Taehyung eshik yopiganini eshitib ortiga qaradi. Ularning shidatli nigoxlari yana to'qnashdi.
Miju: Boya gapimiz chala qoldi... Xo'sh qaroringiz qanday?
Taehyung: To'g'ri senga nisbatan befarq emasman lekin Park bundan habar topsa ikkimiz uchun ham muammo bo'ladi.
Miju: Agar biz extiyotkor bo'lsak u xech nimani bilmaydi.
Miju: Nima ko'zimda ikkilanish ko'ryabsanmi?
Taehyung: Hozir sen xonanga bor. Yo'qligingdan Park shubxalanib qolishi mumkun.
Miju bosh irg'ab xonadan chiqdi. Yo'lak qorong'u edi. Qiz extiyotkorlik bilan zinadan chiqdi. Park hali ham o'z xonasida ishlari bilan bad edi. Miju o'zini odatdagidek tutishga harakat qildi. U xonasiga kirishi bilan yotoqga yotdi. Park ishlarini tugatib qizning xonasiga kirdi. Eshikni oxirgacha yopmay qizga yaqinlashdi.