MISSION OF LOVE
Miju eshikni ochdi. Suga qo‘lida Miju uchun libos va kichik bir quti ushlab turardi. U tezda xonaga kirdi va eshikni ortidan yopdi. Qo'lidagi quti va libosni yotoqga qo'ydi va qizni quchog'iga tortdi.
Suga: Bu libosni sen uchun sotib oldim konferensiyaga kiy va qutida esa... o'zing ochib ko'r.
Qiz yigitning quchog'idan chiqdi va qutichani qo'liga olib ochdi. Quti ichida ko'zni qamashtiradigan juda nafis olmos taqinchoq zirak va uzuk bor edi. Qiz bunday etibordan hursand bo'lib uzukni qo'liga olib taqib kordi.
Miju: Bularning hammasi juda nafis.
Suga: Unda sen konferensiya uchun tayyorgarlik ko'r men yoningdagi xonada bo'laman.
Yigit qizni yuzidan o'pib xonadan chiqib ketdi. Qiz yotoq ustidqgi libosni olib kiydi. Libos unga mukammal turib nozik qomatini yanada jozibali ko'rsatardi. Go'yoki qiz uchun maxsus tikilgandek. U taqinchoqlarni taqdi va oynaga qarab soch turmagini to'g'irladi. Suga uni mehmonxona zalida kutar edi. Mijuning zinadan tushayotganini ko'rib ko'zlarini uzolmay qoldi.
Suga: Bugungi konferensiya eng maftunkor qiz faqat sensan.
Miju yigitning so'zlarini eshitib labida tabassum paydo bo'ldi. Suga unga yaqin borib sekin qizning qo'lidan ushladi.
Suga: Ketdik kech qolmaylik bizni muhim odamlar kutyabdi.
Konferensiya zali yorqin chiroqlar bilan yoritilgan hashamatli va rasmiy muhitda bezatilgan edi. Miju o'zining nafisligi bilan barchani o'ziga qaratdi. Suga Miju bilan yonma yon yurarkan boshqa kompaniya vakillarining unga bo‘lgan nigohlarini sezmaslikning iloji yo‘q edi. Konferensiya boshlanganida zalda shovqin kamaydi. Sahna markaziga yirik kompaniya rahbarlari chiqib nutqlarini gapirishdi. Suga ham sahnaga taklif qilindi. Miju diqqat bilan uni kuzatar va uning ishonch bilan gapirayotganini ko'rib g'ururlandi.
Suga nutqini tugatgach zaldagi hamma qarsak chaldi. U yana Mijuning oldiga qaytmoqchi edi lekin bir qancha bizneenlar uning atrofiga yeg'ilib suhbatlashishni boshlashdi. Shu payt Mijuning oldiga taxminan yigirma besh yosh atrofidagi yigit keldi.
– Shunday go'zal qiz nega bir o'zi turibdi?
Miju yigitning dadil so'zlariga bir oz jilmayib javob berdi.
– Demak sizning hamrohingiz bor...
– Unda u odam juda omadli ekan shunday maftunkor qizga hamroh.
Konferensiya zalida musiqa yangray boshladi. Yigit fursadni boy berishni istamay qizga yana gapirdi.
– Balki hamrohingiz kelguncha birga raqs tusharmiz?
Yigit qizga qo'lini uzatib taklif qildi. Qiz ham rozi bo'ldi va qo'lidagi ushlab turgan ichimlik stakanini qo'yib konferensiya zalining raqs maydoniga borib raqs tushishdi. Ularni uzoqdan Suga suhbatdoshlar orasidan ko'zini uzmay kuzatib turgandi. Yigit Mijuning beliga qo'lini qo'yganini ko'rib yuzidagi tabassumi yo'qolib rashk qildi. Ziyofat qizg'in davom etar edi. Musiqa baland yangrayotgan bo'lsada Suganing nigohi faqat Mijuga qaratilgan va qiz begona yigit bilan raqs tushar edi Suga bunga chiday olmay bir necha soniya ichida suhbatni tugatib Mijuning yoniga bordi. Suga yigitning yelkasidan qoqib jiddiy ohangda gapirdi.
Suga qizning qo'lidan ushlab o'ziga tortdi.
Ular konferensiya zalidan chiqishar ekan birdan Suga qizni devorga tiradi va qo'lini qizning belidan o'tkazib o'ziga yaqinlashtirdi. Qizning lablari yigitning yuziga juda yaqin edi.
Suga: Rashk qilyabman ko'rmayabsanmi? O'sha yigit bilan raqs tushishingni jim kuzatib turishim kerakmi?
Miju: Bu shunchaki raqsdan boshqa narsa emas edi...
Yigit rashki kuchayib qiz bilan orasidagi masofani butunlay yopdi.