June 1, 2025

Fucked for Fortune

Ep 3

Taehyung tez qadamlar bilan oshxonaga kirdi. Janob Park yerda hushsiz yotardi. Miju esa uning yonida o'tirib yeg'lardi. Taehyung darxol Parkning bilagidan ushlab yurak urishini tekshirdi.

Taehyung: U hali tirik! Tezroq shifoxonaga olib borishimiz kerak!

Taehyung baquvat qo'llarida Parkni ko'tardi va uydan chiqib mashinaga qo'ydi. U mashinani tezlik bilan boshqarar edi. Miju esa orqa o'rindiqda hushsiz erining oldida o'tirardi. Yuzida ko'zyosh bolishiga qaramay ko'nglida hursandchilik bor edi. Mashina shifoxonaga yetib borgach janob Park zudlik bilan jonlantirish bo'limiga olib ketishdi. Taehyung va Miju kutish zalida qolishdi.

Oradan ikki soat o'tgach shifokor jonlantirish bo'limidan chiqdi.

– Bemorning yaqini sizmi?

Miju: Ha... uning axvoli qanday?

– Janob Park yurak urishining pasayishi va qon bosimining tushib ketishi sababli hushini yo‘qotgan. Hozir ahvoli barqaror lekin nazoratda bo‘lishi kerak.

Miju: Uni uyga olib ketish mumkinmi?

– Yo‘q, hech bo‘lmaganda bir hafta shifoxonada qolishi kerak.

Taehyung: Nima sababdan bunday bo'ldi?

– Menimcha bu qarilikdan. Unga tinchlik kerak.

Dorining dozasi kam bolgani uchun shifokorlar ham buni qarilikdan deb tashxis qo'yishdi. Miju lablarini tishlab jim turardi. Rejasi ish berdi ammo u yanada ehtiyotkor bo‘lishi kerak edi.

Miju: Uni ko'rsam bo'ladimi?

– Ha faqat xonaga kirolmaysiz.

Qiz jonlantirish bo'limiga kirib palata oynasidan Parkga qarab turardi. Xona jim jit faqat aparatlarning tovushi eshitilar edi. Qiz oyoq tovushlarini eshitib ortiga qaradi bu Taehyung edi. Taehyung ham oynadan Park ning axvoliga qarab turardi. Ko'zida esa sovuqqonlik porlar edi.

Taehyung: Sen chindan ham uni sevasanmi?

Qiz bir lahza o'ylanib qoldi va befarqlik bilan javob berdi.

Miju: Bazida odam sevgini emas tinchlikni xohlaydi. Boylik esa tinchilikning garovi. Shunday emasmi?

Taehyung: Tinchilik xech qachon yomonlik bilan topilmaydi. Sizni mashinada kutaman.

Yigit suhbatni tugatib qizdan yuz o'irdi va shifoxonadan chiqdi. Bu so'zlarni eshitga qiz biroz hayratlandi. Taehyung bu so'zlarni shunchaki aytdimi yoki gumon qilganmi. Bu nomalum edi. Shifoxona yo'lagidan qiz asta sekin chiqish tomon yurdi. Har bir qadamda ortga qaytib ishni tugatishni xohlardi. Ammo hozirgi vaziyatda bu u uchun xavfli edi. Park hali ham tirik va bu rejani barbod qilishi mumkin. Mashina oldiga borganda yigit unga eshikni ochdi va xech nima demasdan uyga qaytishdi. Miju va Taehyung uyga qaytganini ko'rgan xizmatkor ayol tezda ularning oldiga bordi.

– janob Parkning axvoli yaxshimi?

Miju: Yaxshimi yomonmi senga nima aloqasi bor?

– Kechrasiz... Kechki ovqat tayor xonim.

Miju: Ishtaxam yo'q! Men xonamda bo'laman.

Park shifoxonada uyda esa sukunat hukum surardi. Miju yotoq chetida xonasida yolg'iz o'tirib yonida Park imzo qo'ygan hujatlar va hayoli o'yga to'la edi.

Miju: Reja benuqson ketayotgandi... lekin Taehyung nimadirni sezgandek...

Taehyung
Miju
Janob Park

U yotoqdan turib seyni ochdi hujatlarni qo'yib seyf ichidan kichkina kamera va fleshkani oldi. Buni xizmatkor ayolni yashincha ko'rish uchun qo'yilgan edi. Fleshkani kompyuterga ulab yozuvlarni ko'rishni boshladi. Avaliga hamasi yaxshi ketayotgandi. Ammo keyingi yozuvda Taehyung xizmatkor ayolni qo'lidan stakani olib ayolni siquvga olayotganini ko'rdi.

Taehyung: Rostini ayt nega janob Parkning axvoli birdan yomonlashdi?

– Men xech nima bilmayman...

Taehyung: Menga haqiqatni aytasan yoki buni laboratoriyaga topshiraman!

Qiz videoni to'xtatdi yuragi tez urib ketdi.

Miju: U meni kuzatyapdi... Demak rejani o'zgartirishim kerak!

Qiz xonasidan chiqib xizmatkor ayolni oldiga bordi.

– Nimadir kerakmi xonim?

Miju: Manabu dorini ol!

– Bu nima uchun xonim?

Miju: Buni ertagaTaehyungning ovqatiga yoki ichimligiga sol.

– Uni ham o'ldiramizmi?

Miju: Yo'q! Aytganimni qil!

Ertalab quyosh nurlari deraza pardalaridan tushub xonani yoritdi. Miju shoshilib uyg‘ondi. Tezda dush qabul qilib kiyindi. Oyna oldiga borib ko'ziga nimadir tomg'izdi. Bir necha daqiqadan so'ng qizning ko'zi qizarib yoshlana boshladi.

Miju: Ana endi eri uchun xavotirdan tuni bilan yeg'lagan ayolga o'xshadi.

Qiz mashina kalitini olib xonadan chiqdi.

– Hayirli kun xonim... Nonushta qilasizmi?

Miju: Yo'q men shifoxonaga ketyabman.

U odatdagidek o'zini xotirjam tutib shifoxonaga bordi. Shifoxonaga kirgach qiz shifokor bilan gaplashdi va eri hushiga kelganini eshitdi. U erining palatasiga yetib kelib o'zini g'amxo'r aoyldek tutdi.

Miju: Azizim... Axvolingiz yaxshimi?

Park: Barchsiga qarilik sabab. Bundan xavotirlanma.

Miju: Axir barchani qo'rqitib yubordingiz...

Park: Ko'zlaring... sen tuni bilan uxlamay yeg'lab chiqdingmi?